Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:48

AQSh O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha qora ro‘yxatdan chiqardi; bu ro‘yxatga Rossiya kiritilishi mumkin


Komissiya fikricha, Rossiya bosib olgan Qrimda qrim tatarlar ekstremizmda ayblanib, ta’qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda va hatto qiynoqlarga solinmoqda.
Komissiya fikricha, Rossiya bosib olgan Qrimda qrim tatarlar ekstremizmda ayblanib, ta’qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda va hatto qiynoqlarga solinmoqda.

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) Davlat departamentiga O‘zbekistonni diniy erkinlikni buzuvchi “yomonlarning yomoni” ro‘yxatidan chiqarishni, ayni damda Rossiyani unga kiritishni taklif qilmoqda.

Kongressga diniy erkinliklar bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash bo‘yicha ikki partiya vakillaridan iborat mustaqil maslahat organi 28 aprelda hisobotini e’lon qildi. Unda 14 ta mamlakatni “alohida tashvish uyg‘otuvchi mamlakatlar” ro‘yxatiga qo‘shish taklif etiladi, bu diniy erkinliklarni “tizimli, davomli va qo‘pol tarzda” buzib kelayotgan mamlakatlar kiritiladigan toifadir.

Komissiya Sudan bilan birga O‘zbekistonni alohida tashvish uyg‘otadigan mamlakatlar qatoridan chiqarishni taklif qildi. O‘tgan yili prezident Donald Tramp ma’muriyati ham O‘zbekistonni ushbu ro‘yxatdan chiqargan edi.

Komissiya fikricha, diniy erkinlikni yaxshilash bo‘yicha “muhim qadamlar” qo‘yilgani O‘zbekistonning uni eng qo‘pol tarzda buzayotgan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilishini ta’minlagan.

Komissiya yaxshilanishni ancha vaqtdan beri diniy qavmlarga nisbatan reydlar uyushtirilishi va diniy adabiyotlarga cheklovlar to‘xtatilishi, shuningdek, hukumatning yomon ot chiqargan “Jasliq” qamoqxonasini yopishni e’lon qilgani bilan izohladi. Aytilishicha, o‘sha qamoqxonada diniy mahbuslar ushlab turilgan, o‘tmishda ulardan ikki nafari qaynoq suvga pishib o‘ldirilgan.

Rasmiy Toshkent hamon maxsus kuzatuv ro‘yxatida qolmoqda, ya’ni Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida diniy erkinlik “jiddiy” buzilayotgan hollar mavjud. USCIRFning kuzatuv ro‘yxatida yana Kuba, Nikaragua, Afg‘oniston, Jazoir, Ozarbayjon, Bahrayn, Markaziy Afrika Respublikasi, Misr, Indoneziya, Iroq, Qozog‘iston, Malayziya va Turkiya bor.

Davlat departamenti 14 ta mamlakatning quyidagi 9 tasini diniy erkinlik masalasidagi eng yomoni mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi: Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston.

Lekin u hali ham USCIRFnining beshta mamlakat: Hindiston, Nigeriya, Rossiya, Suriya va Vyetnamni qo‘shish bo‘yicha tavsiyasini bajargani yo‘q.

Komissiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat departamentining maxsus kuzatuv ro‘yxatida bo‘lgan Rossiyada 2019 yilda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan. O‘sha yili Iyegova shohidlariga nisbatan reydlar uyushtirilgan, mavhum yozilgan qonunlar buzilgan va kamsonli diniy qavmlar huquqini poymol qilish ekstremizmga qarshi kurash bahonasi bilan oqlangan.

Komissiya fikricha, Rossiya bosib olgan Qrimda uning okkupatsiyasiga qarshi chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi dunyoviy tashkilotlar ekstremizmda ayblanib, Qrim tatarlari ta’qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda va hatto qiynoqlarga solinmoqda.

Ukraina sharqidagi Rossiyaga orqa qilayotgan ayirmachilar ham, komissiya fikricha, diniy erkinlikni Rossiyadan ulgi olib cheklagan hamda Rossiya pravoslav cherkovini Ukraina pravoslav cherkovidan ustun qo‘ygan. Ayni choqda Shimoliy Kavkazda havfsizlik kuchlari islomiy jangarilar guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan kishilarni o‘g‘irlab ketgan va ibodat qilayotgan musulmonlar guruhini ta’qib qilgan.

Komissiyaning Davlat departamentiga bergan tavsiyalari qatorida Hindistonni “yomonlarning yomoni” ro‘yxatiga qo‘shish ham bor. Bunga mamlakat bosh vaziri Norendra Modining hindparast va millatchi hukumatining musulmonlarga nisbatan kamsituvchi siyosat yuritgani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, hisobotda Xitoy, Pokiston, Turkmaniston va Tojikistondagi diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatdan ham tashvish bildiriladi.

USCIRF prezident, Kongress va Davlat departamentiga xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha maslahat beradi.

Bildirilishicha, uning mustaqilligi AQShning ittifoqchilarini ham, dushmanlarini ham “ayamay tanqid qilishi”ga imkon tug‘diradi.

XS
SM
MD
LG