Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:40

Oqqo‘rg‘onda koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib yuzlab oila karantinga olindi


Oqqo‘rg‘on markaziga kirish-chiqish cheklandi, ko‘chalar boshiga harbiy va milliy gvardiyadan nazoratchilar qo‘yildi.
Oqqo‘rg‘on markaziga kirish-chiqish cheklandi, ko‘chalar boshiga harbiy va milliy gvardiyadan nazoratchilar qo‘yildi.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida koronavirusga chalinganlikda gumonlanib yuzlab oila karantinga olindi.

Oqqo‘rg‘on markaziga kirish-chiqish cheklandi, ko‘chalar boshiga harbiy va milliy gvardiyadan nazoratchilar qo‘yildi.

Oqqo‘rg‘on sog‘liqni saqlash tizimida ishlaydigan mulozimning aytishicha, koronavirusda gumonlanib vafot etgan bir ayolning janozasida qatnashgan ellikdan ortiq odam va ular blan kontaktda bo‘lgan boshqa odamlar oilaviy karantinga olingan.

Oqqo‘rg‘on tumanining Hamzaobod MFYda yashagan ayol 5 may kuni tuman markaziy kasalxonasida vafot etdi.

Bu xabarni tasdiqlagan Oqqo‘rg‘on sog‘liqni saqlash tizimida ishlaydigan, matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi uchun ismi sir qolishni so‘ragan vrachlardan birining aytishicha, bu ayol o‘lganidan keyin koronavirusda gumonlangan:

Kasalxonada svet o‘chib qolganda,apparat o‘chib bu ayol ham jon bergan.


“Bu ayol ikki-uch yil oldin eri bilan Rossiyada ishlab, o‘sha yerdan o‘pka kasalligini orttirib kelgan ekan. Davolanib yurgan, sovuq suvni ko‘p ichishi oqibatida tomog‘i ham shishib ketgan. Keyin kasalxonaga yotqizilgan. Ahvoli og‘irlashgani uchun sun’iy nafas berish apparatiga ulangan. O‘sha kuni kechqurun qattiq shamol bo‘lib, kasalxonada svet o‘chib qolganda,apparat o‘chib bu ayol ham jon bergan. Forma 2 to‘ldirilganda nega qaramadilaring, bu koronavirus bo‘lishi mumkin edi deb, ko‘mib bo‘linganidan so‘ng u bilan aloqada bo‘lganlar karantinga olingan”.

Vrachning aytishicha, kasalxona karantinga yopilgan va o‘lgan ayolning janozasida qatnashgan odamlar ham nazoratga olingan.

Ismi sir qolishini so‘ragan oqqo‘rg‘onliklardan birining aytishicha, boshqa ayolda ham koronavirus borligi aniqlangan:

Oqqo‘rg‘on to‘polon bo‘lib ketdi. Yuzdan ortiq oila karantinga olindi.


“Bizning mahallamizda Toshkentda magazinda ishlaydigan bir qiz bor. U uyiga kelgan. Mazasi bo‘lmaganda, aptekaga borib ukol olgan. U aptekachi ham uch-to‘rt so‘m ishlash maqsadida o‘sha aptekada bitta xonani palata qilib o‘zi ukol qilar ekan. Xullas, bu qizda virus aniqlangan. Keyin aptekachini olib ketishdi karantinga, uydagilari bormi undan dori olganlar bormi, hammasini uy-uyida karantinga yopishdi. Oqqo‘rg‘on to‘polon bo‘lib ketdi. Yuzdan ortiq oila karantinga olindi. Ko‘chalarning boshida harbiylar, Milliy gvardiya askarlari turibdi”

Kasalxonada o‘lgan ayolning janozasida qatnashgan Bekobod shahridan bo‘lgan shaxs bilan kontaktda bo‘lgan odamlarning hammasi karantinga olingani haqida Bekobod shahar hokimligining matbuot xizmati shunday xabar tarqatdi:

O‘sha hudud poliklinikasidagi 53 nafar hamshira va 24ta xonadon 14 kunlik uy chekloviga olindi va tibbiy kuzatuvda bo‘ladi.


“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, kecha Bekobod shahriga yaqin bo‘lgan hududlardan birida bir fuqaro Oqqo‘rg‘on tumaniga ta’ziyaga borib kelgan. Bu kishining oila a’zolari har xil tashkilotlarda faoliyat yuritadi. Ta’ziyaga borgan fuqaro, uning oila a’zolari, o‘sha hudud poliklinikasidagi 53 nafar hamshira va shahrimizda 24ta xonadon 14 kunlik uy chekloviga olindi va tibbiy kuzatuvda bo‘ladi. SPS2da ishlovchi barcha xodimlar tibbiy nazoratga olindi. Birgina insonning e’tiborsizligi yoki karantin talablarini mensimasdan qilgan hatti-harakati, yaqinlarining, qolaversa ko‘plab begunox fuqarolarning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

9 may 2020 yildan nazorat kuchaytirildi va reyd boshlandi, karantin qoidalariga roiya qilmagan fuqarolarga choralar ko‘riladi.

Bekobod shahar hokimligi axborot xizmati”.

Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra Oqqo‘rg‘on tumanida 4 nafar fuqaro koronavirusga chalingan.

Ammo o‘zini tanishtirmagan Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi mulozimi buni inkor qildi:

“To‘g‘ri, gumonlanib karantinga olinganlar bor, lekin bu hozircha gumon. Vrachlar koronavirus analizi ijobiy chiqdi, deb birorta ham xulosa bergani yo‘q”.

XS
SM
MD
LG