Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:01

OzodTarmoq: Andijon fojiasi haqida o‘sha paytda o‘smir bo‘lganlar o‘z fikrini bildirdi


Andijon. 2005 yil, 13 may.
Andijon. 2005 yil, 13 may.

Bundan 15 yil oldin Andijonda sodir bo‘lgan to‘qnashuv haqida nima bilasiz? Bu savolni Ozodlik muxbiri o‘z facebook sahifasiga 13 may kuni ilib qo‘ydi. Bu savolga kun davomida javob berganlarning aksari 2005 yilning 13 mayida 15 yoki 16 yoshda bo‘lgan. Suhbatdoshlar yillar davomida qo‘rqinchli tush kabi tuyulgan bu voqea borasida endi gapirishga jur’at topganini aytishdi.

Temur Qutbiddinov 33 yoshda. Blogerlik qiladi hamda kollejda dars beradi. U 2005 yilning 13 mayida Andijondagi Bobur maydoniga to‘planganlar orasida bo‘lgan.

14 mayga o‘tar kechasi u qo‘zg‘olon ishtirokchilariga qo‘shilib Qirg‘iziston chegarasidagi Qorag‘unon qishlog‘igacha boradi.

Temur o‘z hikoyasi davomida hukumat askarlari o‘qqa tutgan paytda bug‘doyzorlar oralab qochib, Andijonga qaytganini aytadi. Temur o‘z hikoyasini birinchi marta aytib bermoqda. Temurning iddaosiga ko‘ra, 13 maydagi "qo‘zg‘olon hukumat tomonidan uyushtirilgan va boshqarib turilgan". Temur o‘z ko‘rgan-kechirganlarini Ozodlik mikrofoniga gapirdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:15 0:00
Бевосита линк


Toshkentlik tibbiyot xodimi, Sher Hoji taxallusi bilan blog yozadigan mushtariy nazarida nafaqat yoshlar, balki kattalar ham Andijon fojiasini eslamaslikka intiladi:

“Tarix unuttirilmoqda. Tarix atayin o‘chirilmoqda. Tarix aynan siyosiy manfaat qo‘lida qurolga aylanmoqda. Eng achinarlisi o‘zbek xalqi u yerda bo‘lgan asl voqeani anglab yetmadi va tushunmadi. 20 yoshli avlod, ya’ni mening tengqurlarim hattoki shunaqa kun bo‘lganini ham bilmaydi. Bilganlari esa andijonliklarni "nonko‘rlikda" ayblaydi. Mana shu eng achinarli fojiamizdir aslida”.

Surxondaryolik bloger Bek Shoyusupov esa isyonchilarning qurol yordamida bostirilganini to‘g‘ri deb biladi: “Balki eng tug‘ri yul shu bo‘lgandir. Boshqa takrorlanmasligi uchun shu yul tutilgandir. Va shundan keyin boshqa takrorlanmadiku?!” deb yozadi bloger.

Sirdaryolik tarix o‘qituvchisi Ixtiyor Esonov esa, unga qarshi chiqib “go‘daklarni, ayollar, keksalarni otish agar to‘g‘ri bo‘lsa demak siz xaqsiz” deydi:

“Gyugoning bir gapi bor - har qanday revolyutsiya, qo‘zg‘olonlarda ma'lum bir moliyaviy doiralarni qiziqishlari yotadi. Bunda hukumatni qora qo‘li bo‘lishiyam mumkin. Chunki qo‘zg‘olonni bostirish davlat atalmish organizmni qon chiqarib o‘z organizmini tozalab kuchaytirib olishday gap. Bunda armiya politsiya va boshqa hukumat kuchlari jipslashadi. Bunday voqealar yo atayin uyushtiriladi yoki bo‘lishini bilsalarda indamay qo‘yib berishadi keyin bostirish uchun.”

Andijonlik bloger Shavkat Usmonov esa oqni qoradan ajratadigan vaqt hali kelmaganini yozadi:

“Albatta, kun kelib bu xunrezlikni sodir qilgan, ojiz, umid bilan poshshosidan adolat kutib ko‘chaga chiqqan minglab ojiz xalqini otib o‘ldirib qahramon bo‘lgan amaldor xoinlar xammasi uchun javob berishadi.”

Timur Temurjanov ismli bloger ham munozaraga qo‘shilib “Bu uyushtirilgan deydiganlar boringlar Mirziyoyevdan so‘ranglar. U kishi o‘sha yerda bo‘lgan” deb yozdi.

Xorazmlik bloger Inomjon Baltayev “mustaqil komissiya tuzib,batafsil o‘rganish kerak Andijon voqealarini” deya ta’kidladi.

Bahsga qo‘shilgan katta avlod vakili¸ muxandis va tarmoq faoli Mirza Anvar Hamidov "Andijon fojiasida asosiy ayb hukumatda!" deya ayblov qo‘yadi.

"Qo‘lida shuncha imkon, shuncha kuch, shuncha manba bo‘lishiga qaramay, yuzlab (balki minglab) odamlarning o‘lishiga sababchi bo‘ldi! O‘z xalqini har qanday fojiadan saqlab qolish hukumatning eng birinchi vazifasi!Vazifasini bajara olmadimi, o‘z ixtiyori bilan yoki majburan vazifasidan bo‘shatilishi kerak!"

AQShda yashovchi siyosatshunos Rafael Sattorov Ozodlik bilan suhbatda Andijon voqealari paytida 15 yoshda bo‘lgani va 15 yildan beri qator savollarga javob topa olmaganini aytadi:

“Andijon voqealarida kattalar qatori o‘spirinlar ham ishtirok etgan edi. Ular mening tengdoshlarim. Uarning keyingi 15 yildagi hayoti qanday kechdi? Bu fojia ular taqdirida qanday rol o‘ynadi? Shu savol o‘rganilmay qolmoqda" dedi suhbatdosh.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:33 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG