Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:36

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga bir martalik moddiy yordam beriladi


Koronavirus ortidan Rossiyada minglab muhojirlar ishsiz qolgan.
Koronavirus ortidan Rossiyada minglab muhojirlar ishsiz qolgan.

Rossiyada iqtisodiy og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik muxojirlarga 14 maydan boshlab moddiy yordam ko‘rsatila boshlanadi.

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bir martalik moddiy yordam O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va konsulxonalari orqali muhtoj bo‘lgan muhojirlarga yetkaziladi.

Rasman bildirilishicha, yordam O‘zbekiston Respublikasi byudjeti hisobidan berilmaydi.

Yordam pullari O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan beriladi.

Yordamni olish uchun o‘zbekistonlik muhojirlar quyidagicha hujjatlarni taqdim etishlari zarur:

Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma’lumotnoma) taqdim etilgan holda;

COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma’lumotnoma asnosida.

“Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi", deyiladi xabarda. Biroq yordamning pul ko‘rinishidagi miqdori qancha bo‘lishi haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “Mehr» portali” orqali murojaat yuborish lozim.

Ozodlik Rossiyada koronavirus epidemiyasi tufayli ishsiz-maoshsiz qolib ketgan muxojirlar hayoti haqida qator lavhalarni e’lon qilgan edi.

30 aprel kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi koronavirus tufayli Rossiyada ishsiz qolgan o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyiha to‘liq ishga tushgani haqida ma’lumot bergan edi.

Loyiha Rossiyadagi Mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

XS
SM
MD
LG