Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:19

Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbek muhojirlariga tranzit yo‘lagi ochib berildi


O‘zbek muhojirlari Rossiya- Qozog‘iston chegarasiga 30 apreldan boshlab yig‘ila boshlagan
O‘zbek muhojirlari Rossiya- Qozog‘iston chegarasiga 30 apreldan boshlab yig‘ila boshlagan

Rossiya- Qozog‘iston chegarasida ikki haftadan buyon uyiga qaytish uchun to‘planib turgan 600ga yaqin o‘zbekistonlikka 18 may kuni istisno tariqasida bir martalik tranzit yo‘lagi ochib berildi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha¸ O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan o‘zbek muhojirlariga chegaradan o‘tishga ruxsat berilgan.

Rossiyaning turli hududlarida yashovchi o‘zbek muhojirlari 30 apreldan boshlab Qozog‘iston chegarasiga yig‘ila boshlagan edi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Rossiyaning Orenburg oblastidagi “Mashtakovo” chegara nazorat punktida to‘plangan o‘zbek muhojirlari uchun tranzit yo‘lagi ochib berilgan.

"O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston tomoni chegaraga to‘plangan o‘zbekistonliklar borasida rasman murojaat qildi. Ayni daqiqalarda ularni chegaradan o‘tkazish boshlandi", dedi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiysi 18 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da.

Ozodlik “Mashtakovo” chegara punktidagi o‘zbek muhojirlari bilan bog‘langanida, ular chegaradan faqat odamlar o‘tkazilayotgani, biroq mashinalarga ruxsat yo‘qligini aytishdi:

"Chegaradan odamlarni o‘tkazish boshlandi. Rossiya tomoni Gazel mashinalariga odamlarni o‘tkazib, chegara yaqiniga olib boryapti. Uyog‘iga chegaradan piyoda o‘tgach, avtobuslarga mindirib olib ketishyapti. Lekin mashinasi borlar qoldik. Qozog‘iston mashinalarni o‘tkazishga ruxsat bermapti".

Ozodlik dastlab 30 aprel kuni Rossiyaning turli mintaqalarida guruh bo‘lib to‘plangan muhojirlar yengil mashina va avtobuslarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasi tomon kolonna bo‘lib yo‘lga chiqqani haqida xabar qilgan edi.

Pandemiya cheklovlari bois chegaralar yopiq qolayotgani ortidan o‘zbek muhojirlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘planib qoldi.

Ozodlik chegarada qolib ketgan o‘zbek muhojirlari vaziyatini muntazam kuzatib bordi.

O‘zbekistonlik muhojirlar Ozodlik orqali hukumatga murojaat qilib, Qozog‘iston orqali vatanlariga qaytishlari uchun koridor ochib berishni iltimos qilgan edi.

Россия-Қозоғистон чегарасига йиғилган ўзбекистонликлар Мирзиëевдан транзит йўли очиб беришни сўрамоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:14 0:00

O‘tgan hafta Qozog‘iston ​Milliy xavfsizlik qo‘mitasi¸ agar O‘zbekiston Rossiya bilan chegarada to‘plangan yuzlab o‘zbek muhojiri uchun tranzit yo‘lagi so‘rab murojaat qilsa, ular chegaradan o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan 18 may kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, vazirlikning Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘plangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga murojaat qilgan. Komissiya qaroriga binoan, chegaradagi o‘zbekistonliklar uchun tranzit yo‘lagi so‘rab Qozog‘istonga murojaat qilingan.

Ayni paytda Samara viloyati Bolshechernigov tumanida ham o‘nlab o‘zbek muhojiri O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralar ochilishini kutib turibdi.

TASSning xabar berishicha, Samaradagi o‘zbek muhojirlari uchun lager-observator tashkil etilgan.

XS
SM
MD
LG