Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:48

Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbeklarning yana 500 nafari tranzit yo‘lagi orqali O‘zbekistonga qaytmoqda


O‘zbek muhojirlari Rossiya- Qozog‘iston chegarasiga 30 apreldan boshlab yig‘ila boshlagan
O‘zbek muhojirlari Rossiya- Qozog‘iston chegarasiga 30 apreldan boshlab yig‘ila boshlagan

19 may kuni Rossiya- Qozog‘iston chegarasida to‘planib turgan yana 500 o‘zbekistonlik chegaradan o‘tkazildi. Kecha chegaradan o‘tkazilgan 600 o‘zbekistonlik 10ta avtobusda olib ketilgandi.

Qozog‘iston chegarada ikki haftadan buyon uyiga qaytish uchun to‘planib turgan o‘zbekistonliklar uchun istisno tariqasida tranzit yo‘lagi ochib berdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha¸ O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan o‘zbek muhojirlariga chegaradan o‘tishga ruxsat berilgan.

Rossiyaning turli hududlarida yashovchi o‘zbek muhojirlari 30 apreldan boshlab Qozog‘iston chegarasiga yig‘ila boshlagan edi.

19 may: 500 muhojir chegaradan o‘tkazildi

Seshanba kuni Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi lagerda vaqtincha yashayotgan o‘zbek muhojirlarining qolgani ham chegaradan o‘tkazildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Rossiyaning Orenburg oblastidagi “Mashtakovo” chegara punktidan 18 may kuni 600 nafar o‘zbek muhojiri, 19 mayda esa yana 500 o‘zbekistonlik Qozog‘istonga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘istondagi elchixonalar ko‘magida chegaraga to‘plangan vatandoshlar ro‘yxati tuzilgan.

Qozog‘iston istisno tarzida ochgan tranzit yo‘lagidan faqat ushbu ro‘yxatga kirgan jami 1100 o‘zbekistonlik o‘tkazilmoqda.

“Mashtakovo” punktidagi o‘zbek muhojirlaridan birining 19 may kuni tush payti Ozodlikka aytishicha, ular Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazilgan:

"Biz kecha yana lagerda qoldik. Bugun ertalab O‘zbekistondan yana 10ta avtobus keldi. Avtobuslar kelgach, bizlarni chegaradan o‘tkaza boshlashdi. Avtobuslar chegaradan ro‘yxatdagi hamma o‘tib bo‘lgach, kolonna bo‘lib, ketar ekan. Shunga endi boshqalarni kutib o‘tiribmiz".

Mashinasi bilan uyiga qaytayotgan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, u avtomobilini treylerga ortgan, o‘zi esa O‘zbekistondan kelgan avtobusda ketadi:

"Qozog‘iston mashinalar bilan o‘tishga ruxsat bermagach, biz 40 ming rubl (taxminan 550 dollar) dan pul to‘lab, treyler yolladik. Hozir mashinalarni treylerga yuklab bo‘ldik. Endi chegaraga borish uchun Gazelni kutyapmiz. Avtobus bizlarni kutib turishini aytishdi. Bir necha kishi treylerga puli yo‘qligini aytib, Moskvaga qaytib ketdi".

Chegaraga to‘plangan o‘zbek muhojirlari vaqtincha yashashi uchun lagerlar tashkil qilindi
Chegaraga to‘plangan o‘zbek muhojirlari vaqtincha yashashi uchun lagerlar tashkil qilindi

18 may: 600 muhojir chegaradan o‘tkazildi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, “Mashtakovo” chegara nazorat punktida to‘plangan o‘zbek muhojirlari uchun istisno tarzida 18-19 may kunlari tranzit yo‘lagi ochib berilgan.

"O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston tomoni chegaraga to‘plangan o‘zbekistonliklar borasida rasman murojaat qildi. Ayni daqiqalarda ularni chegaradan o‘tkazish boshlandi", dedi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiysi 18 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da.

“Mashtakovo” chegara punktidagi o‘zbek muhojirlaridan biriga ko‘ra, ularni olib ketish uchun 18 may kuni O‘zbekistondan 10ta avtobus kelgan:

"Chegaradan odamlarni o‘tkazish 18 mayda tush payti boshlandi. Rossiya tomoni Gazel mashinalariga odamlarni o‘tkazib, chegara yaqiniga olib borishdi. Uyog‘iga chegaradan piyoda o‘tgach, avtobuslarga mindirib olib ketishyapti. Jami 600 nafar odam chegarada o‘tdi. Hammamizni 10ta avtobusga chiqarib, kolonna qilib olib ketishyapti. Lekin yana 500 odam chegarada qoldi. Ularni lagerga joylashtirishdi. Ertaga yana O‘zbekistondan avtobuslar kelib, qolganlarni ham olib ketishar ekan. Avtobusga pul bermadik, tekinga olib ketishyapti".

Mashinasi bilan uyiga qaytayotgan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, chegaradan faqat odamlar o‘tkazilgan, biroq avtomobillarga ruxsat berilmagan:

"Mashinasi borlar qoldik. Qozog‘iston mashinalarni o‘tkazishga ruxsat bermadi. Chegaradan faqat katta treylerlar o‘tishi mumkin ekan. Hozir yigitlar pulga treyler gaplashayapti. Mashinalarni treylerlar orqali olib ketamiz. Treylerga pul bergisi kelmaganlar Moskvaga qaytib ketyapti".

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 18 may kechqurun e’lon qilgan xabarga ko‘ra, 2 kun davomida “Mashtakovo” chegarasidan jami 1100 nafar o‘zbekistonlik olib kelinadi:

“Vatandoshlarimizning Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali O‘zbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha ro‘yxat tuzish ko‘zda tutilmagan. Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz”.

Vazirlikka ko‘ra, 1100 vatandosh O‘zbekistonga olib kelingach, 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Ozodlik dastlab 30 aprel kuni Rossiyaning turli mintaqalarida guruh bo‘lib to‘plangan muhojirlar yengil mashina va avtobuslarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasi tomon kolonna bo‘lib yo‘lga chiqqani haqida xabar qilgan edi.

Pandemiya cheklovlari bois chegaralar yopiq qolayotgani ortidan o‘zbek muhojirlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘planib qoldi.

Ozodlik chegarada qolib ketgan o‘zbek muhojirlari vaziyatini muntazam kuzatib bordi.

O‘zbekistonlik muhojirlar Ozodlik orqali hukumatga murojaat qilib, Qozog‘iston orqali vatanlariga qaytishlari uchun koridor ochib berishni iltimos qilgan edi.

Россия-Қозоғистон чегарасига йиғилган ўзбекистонликлар Мирзиëевдан транзит йўли очиб беришни сўрамоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:14 0:00

O‘tgan hafta Qozog‘iston ​Milliy xavfsizlik qo‘mitasi¸ agar O‘zbekiston Rossiya bilan chegarada to‘plangan yuzlab o‘zbek muhojiri uchun tranzit yo‘lagi so‘rab murojaat qilsa, ular chegaradan o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan 18 may kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, vazirlikning Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘plangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga murojaat qilgan. Komissiya qaroriga binoan, chegaradagi o‘zbekistonliklar uchun tranzit yo‘lagi so‘rab Qozog‘istonga murojaat qilingan.

Ayni paytda Samara viloyati Bolshechernigov tumanida ham o‘nlab o‘zbek muhojiri O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralar ochilishini kutib turibdi.

TASSning xabar berishicha, Samaradagi o‘zbek muhojirlari uchun lager-observator tashkil etilgan.

XS
SM
MD
LG