Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:27

Karantindan keyingi O‘sh. Sanitar xavfsizlik qoidalariga amal qiluvchilar kam (FOTOGALEREYA)


O‘shda 25 maydan karantin cheklovlari yumshatilgan.
O‘shda 25 maydan karantin cheklovlari yumshatilgan.

Qirg‘izistonda 25 maydan boshlab tibbiy va sanitar xavfsizlik talablariga amal qilish shartligi bilan bozor, umumiy ovqatlanish joylari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi turli ishxonalar faoliyati qayta boshlandi. Jamoat transporti qatnovi qisman ishga tushirildi. Ozodlik muxbiri 26 may kuni O‘sh shahrini aylanib shahardagi vaziyatni kuzatdi.

Talab bo‘yicha, oraliq masofani saqlash va niqob bilan bozor va jamoat transportlari kabi odamlar ko‘p yig‘iluvchi joylarda yurish mumkin. Lekin bu joylarda xavfsizlik talablariga hamma ham amal qilmaganiga guvoh bo‘ldik.

Mahalla oralab o‘tuvchi qatta ariqlarda esa 2 oy ko‘chaga chiqolmay, bezor bo‘lib ketgan bolalar miriqib cho‘milmoqda.

500 mingdan ko‘p aholisi bo‘lgan O‘sh shahrida 25 maydan 20ta trolleybus va 12ta avtobus yo‘lga qo‘yilgan, marshrutkalarga esa ruxsat berilmadi. Balki shu sababdanmi jamoat transportida ham xavfsizlik qoidalariga xaydovchidan boshqa hech kim amal qilmaydi.

Qirg‘izistonda 27 may holatiga ko‘ra, 1520 odam koronavirusga chalingan. Ulardan 16 nafari vafot etdi. 1043 bemor sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda toj virusining ilk holati ro‘yxatga olinib, avval favqulodda holat keyin favqulotda vaziyat rejimi e’lon qilingan edi.

Qirg‘izistonda 11 maydan boshlab favqulodda holat rejimi yakunlandi. Bir qator shaharlarda, jumladan, Bishkek va O‘shda komendantlik soati bekor qilindi. Ayni paytda 22 martda joriy etilgan “favqulodda vaziyat tartibi” amalda qoldirildi.

XS
SM
MD
LG