Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:32

Qashqadaryoda bir necha kishi shubhali mol go‘shti yegani ortidan kasalxonada davolanib chiqdi


Nishon tumanida so‘yilgan "kasal sigir" axoli orasidagi vahimaga sabab bo‘lgan.
Nishon tumanida so‘yilgan "kasal sigir" axoli orasidagi vahimaga sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyat, Nishon tuman, Balxiyak qishloq fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi 30 dan ortiq kishiga 23 may kuni mol go‘shtidan zaharlangan, degan gumon bilan ilk tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ularga statsionar davolanish uchun shifoxonalarga yo‘llanma berilgan.

Ozodlik savollariga 1 iyun kuni javob bergan mahalliy vrach¸ “go‘shtdan zaharlanganlar tuzalib, kasalxonadan uyiga javob berilgani va ularning kuydirgiga chalingani gumoni o‘z tasdig‘ini topmaganligini aytdi.

Yaqinlari kasalxonaga yotqizilgan qashqadaryolik faol, 31 may kuni Ozodlik bilan bog‘lanib iddao qilishicha, "kasalxonaga 30 dan ortiq odam yotqizilgan va ularning aksari uning yaqinlari va qarindoshlaridir".

Ozodlik kasalxonaga tushganlardan biri bilan gaplashdi. Ismi aytilmasligini so‘ragan bemor 23 may kuni ko‘ngli aynib kasalxonaga tushgani va boshqalar qatori go‘shtdan zaharlanganlikda gumoni borligini aytdi.

Bemor 23 may kuni nasiyaga olgan go‘shtni iste’mol qilgani ortidan salomatligi yomonlashganligini iddao qildi.

"Ezgulik" tashkiloti faoli 29 may kuni gaplashgan Nishon tumani IIB vakiliga ko‘ra, tumanning Balxiyak mahallasi turg‘uni (ismi Ozodlikka ma’lum) 23 mayda kasallangan sigirini so‘yib, mahallaga tarqatgan. Natijada kasallangan sigir go‘shtini iste’mol qilish natijasida 30 dan ortiq kishida kasallik simptomlari paydo bo‘lgan.

“Xayriyatki, ko‘pchilik bemorlarda kasallik og‘ir kechmagan. Ammo 30 nafar shaxs hozirda davolanyapti. Ularning orasida o‘lim yo‘q. Biroq shundog‘am karantin paytida bu balo odamlarga og‘ir bo‘ldi” degan edi IIB xodimi 29 may kuni "Ezgulik" faoli bilan suhbatda.

Bu suhbat haqida "Ezgulik" faoli 1 iyun kuni Ozodlikka ma’lum qildi.

Bu suhbatdan 3 kun o‘tib mahalliy doktor Ozodlik muxbiriga "kasallar tuzalib shifoxonani tark qilganini" aytdi.

Kasalxonada davolanib chiqqanlardan biri Ozodlik muxbiri bilan suhbatda “kasal mol go‘shti" bilan bog‘liq o‘zi bilgan tafsilotlarni aytib berdi.

“O‘sha kuni (23 may) qishlog‘imiz veterinari Husniddin sigirga osma ukol quyayotgan bo‘lgan, shunga qaramay sigir o‘lavergach, uni so‘yishgan. Go‘shtini 40 ming so‘mdan baholab, nasiyaga tarqatildi. Olib, oila a’zolarimiz bilan yeb, hozirgacha davolanishimizga 5-6 milliondan ortiq pul ketdi” dedi davolanayotganlardan biri.

Nishon tuman hokimligi xodimi Ozodlik bilan suhbatda “kasal molni so‘yib sotish xavfi yuzasidan” aholi orasida tushuntirish olib borilayotganligini aytdi.

Qashqadaryo viloyat Veterinariya boshqarmasi va Nishon tuman Davlat sanitariya epidemiologiya stansiyasi kasal mol go‘shtidan zaharlanganlar bilan bog‘liq holat bo‘yicha izoh bermadi.

Hech kim chalinmagan "kuydirgi" vahimasi

Qashqadaryolik faolning Ozodlikka aytishicha, kasal mol go‘shtini ueganlar “kuydirgi kasaliga” chalinibdi degan vahima tarqalgan.

Balxiyak mahalla faoli Ahmad Aqanovning ishonch bilan aytishicha, “hech kim kuydirgiga chalinmagan”.

“Hech kim kuydirgi kasaliga chalingani yo‘q. Bunday kasal bizning mahallada qayd qilinmadi" dedi Aqanov.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimi ham 1 iyun kuni Ozodlik savoliga javoban “Nishon tumanida kuydirgi kasalligi tashxisi bilan hech kim kasalxonaga yotqizilmagan” deya bildirdi.

Ayni paytda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimi Nishon tumanida kasal mol go‘shtidan zaharlanish holati bo‘yicha kimdir shikoyat qilsa, albatta atroflicha o‘rganilishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG