Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:30

“Bukhara City” qurilishi sabab buzilgan imoratlari uchun tovon talab qilgan tadbirkorlar bosimga uchramoqda


O‘zbekiston poytaxtidan to viloyat va tuman markazlariga qadar zamonaviy sitilar qurish rejasi minglab o‘zbekistonliklar noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston poytaxtidan to viloyat va tuman markazlariga qadar zamonaviy sitilar qurish rejasi minglab o‘zbekistonliklar noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

“Bukhara City” qurilishini amalga oshirish uchun buzilgan imoratlar egalari bir yildirki, o‘z haqlarini ololmayapti.

Tovon talab qilgan tadbirkorlarga ko‘ra, endilikda ular mutasaddilar bosimi ostida qolmoqda.

Buxoro shahar hokimligi rasmiysi tadbirkorlar iddaosini asossiz ekanligini ta’kidladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Buxoroning 83 gektar maydonida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar buzilib, ular o‘rniga zamonaviy “Bukhara City” quriladi.

Asli kasbi adkovat bo‘lgan buxorolik Manzura Jo‘rayeva 2018 yilda tadbirkorlik maqsadida ikki qavatli bino qurilishini boshlagan va bankdan 260 million so‘mlik kredit ham olgan.

Manzura Jo‘rayevaga ko‘ra, imorat qurilishi tugashi arafasida bu hududda “Bukhara City” qurilishi sabab uning yangi binosi buzilishi borasida ogohlantirish olgan:

- Bizga ogohlantirish xatlari berishdi. “Muammolaringizni ikki oyning ichida hal qilib beramiz”, deb aytdi. Shahar hokimligi, viloyat hokimligi majlis qildilar. “Qaror chiqdi, kompensatsiya to‘lovlari to‘lab beriladi” deyishdi. Keyin 911-sonli qaror chiqdi. Qarorga ko‘ra, “Kompensatsiya puli olgandan keyingina imoratlar buziladi”, deyildi. Lekin amalda biror natija bo‘lmadi.

Bir yil davomida kurashib, haqqini ololmayotgan Manzura Jo‘rayeva endilikda mahalliy hokimlik bosimi ostida qolganini aytadi:

- Hokimiyat o‘zining vakolatidan chetga chiqib, hamma variantlarni qo‘llayapti. Bank orqali menga bosim o‘tkazyapti. Adliyadan, prokuraturadan odam chaqirib, men bilan savol-javob qildirishdi. Adliya yoki prokuratura kelib, men bilan savol-javob qilishga haqli emas. “Sizdan davlat ehtiyojlari uchun yerni olyapmiz. Agar ko‘nmasangiz sudga beramiz. Sud orqali olamiz”, deyishdi.

Manzura Jo‘rayeva ikki qavatli imorati o‘rniga yangidan imorat qurib berishlarini talab qilmoqda:

- Binoni 1 milliard 100 million so‘m deb baholashgan. Bu bozor narxi emas, faqat qurilish materiallari narxi. Menga tovon puli kerak emas. Men qurdirgan binoning o‘rniga bino qurib bersin. Ular “yer beramiz” deydi. Men quruvchi bo‘lmasam, yerni nima qilaman?

Manzura Jo‘rayeva bilan suhbatni quyida to‘liq tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:28 0:00
Бевосита линк

“Bukhara City” qurilishi sabab imoratlaridan ayrilgan va bir yil davomida tovon puli ololmayotgan Manzura Jo‘rayevaning bir guruh qo‘shnilari ham Ozodlik orqali prezident Mirziyoyevga murojaat qildi:

“Buxorodan bir guruh tadbirkorlar, jonimizdan to‘yganimiz uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashga majbur bo‘lyapmiz. “Bukhara City” foni ostida tadbirkorlik faoliyatimiz to‘liq to‘xtatildi, bizga qonuniy tegishli bo‘lgan yer maydonlaridagi obyektlarimiz majburiy buzilib, haydab chiqarishdi. Tovon pullari to‘lab berishsa ham mayli edi, ko‘chada qolib ketdik. O‘zbekistonda, Buxoroda qonunlar amalda ishlaydimi o‘zi? Adolat qaror topishini iltimos qilib so‘rab qolamiz”.

Hozirda Manzura Jo‘rayeva singari bosim ostida qolganini aytgan buxorolik tadbirkorlar o‘zlari tayyorlagan video rolikni ham Ozodlikka taqdim qilishdi. Unda chorasiz qolgan tadbirkorlar arz-nolasi aks etgan:

Бухоролик тадбиркорлар тайёрлаган видео ролик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00

Buxoro shahar hokimligining 20 iyun kuni Ozodlik bog‘langan mulozimi “Bukhara City” sabab imoratlari buzilayotgan tadbirkorlar da’vosini asossiz ekanligini ta’kidladi:

“Biz mutlaqo qonun doirasida ishlayapmiz. Hokimiyatga bo‘hton ag‘darayotganlarning da’vosi mutlaqo asossiz. Bu ish bilan maxsus komissiya shug‘ullanyapti. Prokuratura nazoratida hammasi”.

O‘tgan yilning 8 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 565-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

“Bukhara City” sabab imoratlari buzilayotgan tadbirkorlardan avval ham Ozodlikka murojaatlar bo‘lgan.

O‘zbekiston poytaxtidan to viloyat va tuman markazlariga qadar zamonaviy sitilar qurish rejasi minglab o‘zbekistonliklar noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Human Right Watch tashkiloti¸ aholiga adekvat uy-joy yoki o‘zi yashab turgan uy narxidagi kompensatsiya bermasdan ¸ ular uy-joylarini siti qurish iddaosi bilan buzish¸ Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng inson haqlarining eng keng ko‘lamda buzilishiga sabab bo‘layotganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG