Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:31

Rossiya-Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazilmayotgan o‘zbeklar 2 haftadan beri yaydoq dalada tunamoqda (VIDEO)


Россиялик амалдор: Ўзбекистон ҳукумати рус-қозоқ чегарада ўтирганларни эсдан чиқарган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:28 0:00

Rossiyalik amaldor: O‘zbekiston hukumati rus-qozoq chegarada o‘tirganlarni esdan chiqargan

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida ikki haftadan beri ochiq osmon ostida tunayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar yegulik va suvsiz qolganini aytmoqda.

Orenburg oblastining Qozog‘iston chegarasiga yaqin Sol-Iletsk shahri yaqinida taqriban ikki haftadan buyon Qozog‘iston yo‘l berishini kutib turgan o‘zbekistonlik bir necha yuz mehnat muhojiri 3 iyul kuni Samara oblastiga chegaradosh Buzuluk tumaniga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston hukumatidan yordam kutayotgan mehnat muhojirlarining aytishicha, shu kunda Orenburg oblastida (Buzuluk va Mashtakovoda) O‘zbekistonga yetib olish uchun Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan yo‘l berishini kutib turgan o‘zbekistonliklar soni 2000 ga yaqinlagan.

O‘zini qashqadaryolik Bek, deb tanishtirgan muhojirning aytishicha, 6 iyuldan buyon ularning holidan xabar olib, hech kim Buzulukka bormagan, muhojirlarning ahvoli kundan kunga og‘irlashib bormoqda.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:10 0:00
Бевосита линк

Mehnat muhojiri aytayotgan ma’lumotlar yuzasidan Rossiya ma’murlaridan qo‘shimcha informatsiya olishning imkoni bo‘lmadi.

6 iyul kuni 963 qirg‘izistonlik 20 ta avtobusda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan Qozog‘iston orqali o‘z mamlakatiga yetkazilgani haqda Qirg‘iziston rasmiylari xabar qilgan.

Kuni kecha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi uyiga qaytish ilinjida bo‘lgan mehnat muhojirlarini Rossiya—Qozog‘iston chegarasidan muayyan haq evaziga o‘tkazib qo‘yishni taklif qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Elchixonaning o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Orenburg viloyatining Qozog‘iston chegarasiga yaqin qismida to‘planib qolganidan ham xabari bor.

“Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlog‘i, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida O‘zbekiston fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi yolg‘on xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va Qozog‘iston orqali vatanimizga qaytish istagini bildirmoqda”, -deyilgan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonotida.

Elchixona muhojirlarni bir yerga to‘planish koronavirusga chalinish ehtimolini kuchaytirishi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Yurtga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga o‘zlari yurgan mamlakatlardagi O‘zbekiston elchixona va konsulliklariga murojaat qilib, ro‘yxatga yozilish taklif etilgan. Ularga charter reyslar uyushtirilishi va’da qilingan.

XS
SM
MD
LG