Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:13

Qoraqalpog‘istonda ekini suvsiz qolgan aholi magistral yo‘lni 5 soatga to‘sib qo‘ydi (VIDEO)


A-380 magistral yo‘lining Beruniy tumanidan o‘tadigan kesimida yuzlab mashina besh soat to‘xtab qoldi
A-380 magistral yo‘lining Beruniy tumanidan o‘tadigan kesimida yuzlab mashina besh soat to‘xtab qoldi

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Beruniy tumanidagi Abay, Qurolpo, Oltinsoy ovullarining qariyb besh yuz nafar aholisi 20 iyul kuni tuman hududidan o‘tadigan A-380 magistral yo‘lini 5 soatga to‘sib qo‘ydi.

Aholi bu bilan tuman hokimiga qarashli sholizorlarga suv berilib, aholining tomorqasi esa, qovjirab qolayotganiga norozilik bildirdi.

Voqea guvohlarining aytishlaricha, 20 iyul kuni soat 15 da tuman hokimi voqea joyiga yetib kelgan va aholi bilan muzokaradan so‘ng, suv berilishini va’da qilgan.

20 iyul kechga borib, aholi tomorqalariga suv ochilgan.

Tuman hokimi Atabek Saparbayev tumanda suv taqchilligini tan olar ekan, unga qarashli sholipoyalar borligini inkor qildi.

Экини сувсиз қолган берунийликлар ҳокимдан норози бўлиб йўлни тўсди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:41 0:00

Voqea joyidan video olib, Ozodlikka taqdim qilgan beruniylik tadbirkor Qosimboy Botirovning aytishicha, ekinlari suvsizlikdan qovjirab borayotgan aholi o‘z talabini hokimga yetkazish maqsadida magistral avtomobil yo‘lini to‘sishga majbur bo‘lgan:

Abay, Qurolpo, Oltinsoy OFYlardan 500dan ortiq odam chiqdi.

- Hokim o‘zining sholisiga suv ochib, xalqning ekinlariga suv bermay qo‘ydi. Xalqning boshqa chorasi qolmadi. Kecha ertalabdan ular stixiyali ravishda Rossiyaga olib boruvchi katta yo‘lga chiqib, soat 11 larda yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Abay, Qurolpo, Oltinsoy OFYlardan 500dan ortiq odam chiqdi.

Qosimboy Botirovning aytishicha, odamlar hokim suvni o‘ziga qarashli ming gektar yerdagi sholini sug‘orishga tashlaganiga norozilik bildirgan:

Hokim o‘ziga tegishli sholini qarindosh urug‘lari nomiga ektirgan.

- Odamlar hokim o‘ziga ming gektardan ortiq yerga sholi ektirib qo‘yganini aytishdi. Odamlarning gapiga ko‘ra, hokim o‘ziga tegishli sholini qarindosh -urug‘lari nomiga ektirgan. Barcha suv sholiga tashlangani uchun aholiga suv berilmagan va xalq yo‘lni yopishga majbur bo‘lgan.

Tadbirkorga ko‘ra, tuman hokimi Atabek Saparbayev voqea sodir bo‘lgan joyga soat 15dan o‘tganda kelgan:

- Hokim kelib xalq bilan uchrashdi, suv berishga va’da berdi, keyin soat to‘rtlarga yaqin aholi yo‘lni ochdi.

Bu vaqtda ikki tomondan yuzlab mashina tiqilib qoldi.

Kechga borib hokim nasoslarni qo‘shtirib, aholining tomorqasiga suv bera boshladi. Bu vaqtda ikki tomondan yuzlab mashina tiqilib qoldi.

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev Ozodlik bilan suhbatda, tumanda bu yil suv taqsimotida muammo borligini aytdi:

Bir-ikkita g‘alamislar xalqni provokatsiya qilganda.

- Hozir vegetatsiya davrida bizda suv hammaga yetmaydi. Ko‘p suv dalaga yetguncha tuproqqa singib ketadi. Amudaryodan 25 kilometrdan yetib kelguncha, bir nechta fermerdan o‘tadi. O‘n kun oldin u joyga suv berilgan edi. Bir-ikkita g‘alamislar xalqni provokatsiya qilganda! Kecha ertalab suvni beringlar bu yoqqa deb ketgan edim. Suv berilgan, lekin birdaniga yetib kelmagan. Kecha xalq bilan uchrashdim, hammasini tushuntirdim, xalq tushunib tarqaldi.

Atabek Saparbayev uning qarindoshlari va yaqin odamlari ming gektardan ortiq sholi ekkan, degan iddaolarga munosabat bildirar ekan, shunday dedi:

- Men ham asli beruniylikman. Misol uchun sinfdoshim bor, qarindoshlarim bor. Istagan odamni foydasiga burib qo‘yishi mumkin. Mana kuzda sholi o‘rilganda, o‘sha iddao qilganlar xirmon boshida tursa, kimga qancha ekanligini ko‘rsa, fakt bilan gaplashgan ma’qul. Tumanda meni tanishlarim, tuqqan-tug‘ishganlarim bor, o‘shalar sholi eksa, men ularga qo‘y ekma, men ishlayapman, hokimman deb ayta olmaymanku?! Bir yarim yil davomida Nukusdan ham, Toshkentdan ham kelib tekshirishdi, lekin hech narsa chiqmadi. Men xalqimga xizmat qilyapman, xolos.

O‘zbekistonda ijtimoiy muammolarni mahalliy hokimlar hal qilmagandan so‘ng aholi avtomobil yo‘lini to‘sish holatlari uchrab turadi.

Jumladan, 9 dekabr kuni Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chig‘atoy qishlog‘ining bir guruh ayollari tuman hokimligi binosi oldidagi yo‘lni bir necha soatga to‘sib qo‘ygan edi.

O‘tgan yilning 1 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani Bo‘ston shaharchasi aholisi gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, O‘zbekiston ko‘chasini bir necha soatga to‘sib qo‘ygandi.

2019 yilning 26 iyulida Xorazm viloyat, Urganch tuman, Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan minglab odam 26 iyul kuni kechasi Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lini to‘sdi. Odamlar hokimlik uyi buzilganlarga tovon pulini bermayotganiga, qurilish materiallari narxi haddan ortiq oshib ketganiga norozilik bildirgan.

XS
SM
MD
LG