Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:49

Yuqorichirchiqda o‘qituvchilar pandemiya paytida obodonlashtirishga olib chiqildi (VIDEO)


Yuqorichirchiq tumanidagi 18- maktab o‘qituvchilari va texnik xodimlari.
Yuqorichirchiq tumanidagi 18- maktab o‘qituvchilari va texnik xodimlari.

O‘zbekiston prezidentining sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash haqidagi ko‘rsatmasiga qaramay, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida o‘qituvchilar 25 iyuldan buyon obodonlashtirishga jalb etilmoqda.

Yuqorichirchiq tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Guliston Aytekova obodonlashtirish faqat tumandagi 18- maktab hamda Uch chinor mahallasidagi shu maktab filialida bo‘layotgani, u yerda "o‘qituvchilar emas, texnik xodimlar va ustalar ishlayotgani"ni aytdi.

Ammo 18-maktab maktab direktorining shu maktab o‘qituvchilari Telegram kanalida yozgan xatida "ustozlar, hamma ketmon ko‘tarib kelsin, birma bir yo‘qlama qilaman" deb yozilgan.

Ozodlikka taqdim etilgan videoda esa muallimlar ekani aytilayotgan ayollar qo‘lida ketmon bilan yer chopayotganini ko‘rish mumkin.

Юқоричирчиқда мактаб ўқитувчилари ободонлаштриш ишига жалб этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:18 0:00

Tumandagi 18- maktabning Ozodlik suhbatlashgan bir necha o‘qituvchisi tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘ining og‘zaki, maktab direktorining Telegram kanalidagi yozma buyrug‘i bilan koronavirus pandemiyasi payti obodonlashtirish ishlariga majburlanayotganliklarini tasdiqladi.

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari, talabalarni majburiy mexnatga olib chiqish hakida aytganlarini nazar-pisand qilmay bizni ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqib ishlatmoqda. Buning ustiga hamma yoq koronavirus bo‘lib yotibdi. Transport yo‘q, ko‘pchiligimiz uzoqdan kelamiz, - dedi Yuqorichirchiq tumanidagi 18- maktabning ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan o‘qituvchisi.

O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.
O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.

18- maktab o‘qituvchilari o‘z direktori Gulzira Eliboyevaning Telegram kanalida o‘qituvchilarga 28 iyul kuni maktabga ketmon ko‘tarib kelishlari haqida yozgan xatini taqdim etishdi.

Unda "Xurmatli ustozlar ertaga soat 8:30 ga xamma qulida ketmon bilan kelsin. Ertaga xammamiz birgalikda ishlimiz. Yuqlama qilaman birma - bir. Boshingizga kepka kiyib keling. Xudo xohlasa 30,31,1,2 dam olishingizga ruxsat beraman", deb yozilgan.

Maktab direktori o‘qituvchilarga ketmon bilan kelishlari haqida telegram guruhida xodimlariga xat yozgan.
Maktab direktori o‘qituvchilarga ketmon bilan kelishlari haqida telegram guruhida xodimlariga xat yozgan.

Ozodlikka taqdim etilgan yana bir xatda maktab direktori Gulzira Eliboyeva o‘zi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari Guliston Aytekova nomidan Yuqorichirchiq tuman Uch chinor mahallasida "jonbozlik" ko‘rsatgan muallim va texnik xodimlarga minnatdorchilik bildiradi.

"Bugun Uch chinor mahallasida jonbozlik ko‘rsatgan ustozlar va texxodimlarga o‘zim va XTB mudiri G.Aytekovadan minnatdorchilik bildiraman", deyilgan 28 iyul sanasi bilan yozilgan xatda.

O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.
O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.

Ozodlik o‘qituvchilarning ushbu shikoyati yuzasidan munosabat olish uchun 18- maktab direktori Gulzira Eliboyevaga telefon qildi.

Muloqot boshida shaxsini tasdiqlagan ayol Ozodlik muxbiri savollarini eshitgach, “boshqa joyga tushdingiz”, - deb telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Yuqorichirchiq tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Guliston Aytekova esa obodonlashtirish faqat tumandagi 18- maktab hamda Uch chinor mahallasidagi shu maktab filialida bo‘layotgani, u yerda o‘qituvchilar emas texnik xodimlar va ustalar ishlayotganini aytdi.

- Birinchidan bu ishlar maktab hududida bo‘lyapti. Ikkinchidan, ishlayotganlar o‘qituvchilar emas texnik xodimlar va mahallaning ustalari. Mening o‘zim ham borib ko‘rdim. Agar qaysidir muallim ishlatilayotgan bo‘lsa mening yonimga kelsin, - dedi Aytekova.

O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.
O‘rtachirchiq tumanida o‘qituvchilar obodonchilikka safarbar etildi.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi avjiga chiqqan bir paytda odamlar hayotini xatarga qo‘yib, obodonlashtirish kabi ishlarga jalb etishga nima zarurat?

Bu savolga Ozodlik Yuqorichirchiq tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Guliston Aytekovadan aniq javob ololmadi:

- Yana bir marta aytaman, ustalar ishlayapti, - dedi Aytekova.

Юқоричирчиқда ўқитувчилар ободонлаштиришга жалб этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00

Qariyb 3 yildan buyon mamlakatda majburiy mehnatga chek qo‘yishga jiddiy kirishilgani aytilib kelmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlarni majburiy mehnatga jalb qilishning oqibatlaridan bir necha bor jiddiy ogohlantirgan.

Samarqandlik yosh o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limidan keyin o‘qituvchi va shifokorlarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan mansabdorlar jazolanishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning maxsus qarori qabul qilingan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG