Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:30

Urgutliklar "jarima reja"sini bajarishga kelgan IIB xodimlarini haydab yubordi


G‘usliklar IIB xodimlari o‘tirgan mashinani qurshovga oldi.
G‘usliklar IIB xodimlari o‘tirgan mashinani qurshovga oldi.

2 avgust kuni Samarqand viloyati Urgut tumani G‘us qishlog‘i aholisi ko‘chada turgan avtomobillarga jarima yozayotgan IIB xodimlarini qishloqdan haydab yubordi.

Ozodlikka bu haqda xabar bergan g‘usliklarga ko‘ra, IIB xodimlarining karantin davrida "jarima rejasi"ni bajarish maqsadida qilayotgan hatti-harakatlari norozilikka sabab bo‘lgan.

Urgut tumani IIBsidan olingan ma’lumotga ko‘ra, G‘usdagi voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

G‘us qishlog‘idagi voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, IIB xodimlari bilan qishloq ahli o‘rtasidagi mojaro 2 avgust kuni soat 11 lar atrofida sodir bo‘lgan.

“Sakkiz nafar IIB xodimi ikkita grajdanskiy mashinada kelishdi. Ularning yonida evakuator ham bor edi. Ular har kuni kelib, odamlarning ko‘chada turgan mashinalarini evakuatorga yuklab olib ketishyapti. Nimaga mashina ko‘chada turganini so‘rab ham o‘tirishmayapti. Hatto birovning uyi oldida turgan mashinasini ham olib ketgan holati bo‘ldi. Kimdir aptekaga kelgan bo‘lishi mumkin, uning mashinasini ham olib ketyapti. Keyin odamlar faloncha pul to‘lab mashinalarini olib chiqyapti. Har kuni shu ahvol. Shunga kecha odamlarning jahli chiqib, ularga qarshilik bildirishdi”.

Voqea guvohlaridan yana biri G‘usdagi voqea tafsilotlarini so‘zlarkan, IIB xodimlariga yordam kuchi kelganini ham aytdi.

“Odamlar to‘polon qilib, baqirib-chaqirgach, bitta mashinada Milliy gvardiya xodimlari va yana bitta mashinada IIB xodimlari yetib keldi. Lekin odamlar bo‘sh kelmadi, hech kimni tarqata olishmadi. Keyin ularning o‘zi qochib ketishdi. Kecha ularni haydaganimiz uchun bugun hech kim kelmadi. Bo‘lmasa har kuni o‘ntacha odamning mashinasini olib ketishayotgandi”.

Ozodlikka voqea joyidan yo‘llangan videoda o‘nlab odamning IIB mashinasi yoniga to‘planib, baqir-chaqir qilayotgani aks etgan.

Tasvirlarda o‘nlab odam qurshab olgan IIB mashinasining qattiq signal berayotgani¸ so‘ngra mashinaning katta tezlikda haydab ketilgani hamda odamlarning xursandchilik bilan baqirgani eshitiladi.

Ургутликлар норозилик сифатида ИИБ ходимларини қишлоқдан ҳайдаб юборди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:02 0:00

Urgut tuman IIB xodimlaridan birining otasi Ozodlik bilan suhbatda IIB xodimlariga karantin davomida “kunlik reja” berilgani bois qishloqma-qishloq mashina ovlab¸ “jarima qog‘ozlari”ni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini bildirdi.

“Xabaringiz bor, hozir Internetda ham IIBchilarga berilgan “plan”lar haqida oshkora audiolar chiqib ketdi. Urgutda ham shu ahvol. Urgutdagi IIB xodimlari kunlik “plan”ni bajarish uchun qishloqlarga chiqishga majbur bo‘lishyapti. Agar ular “plan”ni bajarmasa, kechqurun rahbariyat qattiq gapiradi. Shuning uchun ularni ham tushunish kerak. O‘g‘lim yarim kechasi itday charchab kelib, ovqatlanmasdan ham uxlab qoladi”.

Urgut tuman IIBsining Ozodlik bog‘langan xodimi, G‘usdagi voqeadan “rahbariyatning xabari borligi, hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotgani”ni aytib, boshqa ma’lumot bera olmasligini ta’kidladi.

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlariga “kunlik reja” berilishiga oid bir qancha xabarlar tarqaldi.

Jumladan, 26 iyul kuni Telegram kanali orqali Toshkentning Olmazor tumani IIB katta inspektori, podpolkovnik Farrux Xolovning tuman xodimlaridan “plan”ni to‘ldirish uchun har kuni 5tadan ma’muriy bayonnoma tuzishga topshiriq bergani aks etgan audio tarqaldi.

28 iyul kuni tarqalgan boshqa bir audioda esa o‘zini IIB xodimi deb tanishtirgan shaxs ham “plan bajarish” talab qilinishini aytgan.

29 iyul kuni AOKAda o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ichki ishlar tizimi “bunday nomaqbul ish uslubidan allaqachon qutulgan”ini iddao qildi.

“Hozirda xodimlarimizga bunday talablar qo‘yilmaydi. Agar kimda bu haqda ma’lumot bo‘lsa, 11-02 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishini so‘raymiz. Biz ijrochiga ham, rahbariga ham qat’iy chora ko‘ramiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”.

XS
SM
MD
LG