Belarus poytaxti Minsk va boshqa qator shaharlarda 13 avgustga o‘tar kechasi ham norozilik namoyishlari davom etdi.
Minskda va boshqa shaharlarda minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, norozilik sifatida qo‘l ushlashib, zanjir hosil qildilar.
Minsk ko‘chalarida avtomashinalar haydovchilari politsiya avtomashinalarini norozilar yig‘ilgan hududlarga borishining oldini olish maqsadida yo‘llarda maxsus tiqilinchlarni hosil qildilar.
Minskdagi “Vesna” huquq himoyasi tashkilotining bildirishicha, bunday namoyishlar Belarusning yana kamida besh shahrida bo‘lib o‘tgan. Namoyishlar paytida jami 6 ming norozi qo‘lga olingan.
Ichki ishlar vazirligi 12 avgustda Brest shahrida norozilarga qarshi o‘qotar quroldan o‘q otilganini va bir namoyishchi yaralanganini bildirdi.
Avvalroq Minskda norozilardan biri politsiya bilan to‘qnashuv paytida halok bo‘lgan edi.
Belarusda prezident saylovi g‘olibi amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko bo‘lgani e’lon qilingani ortidan 9 avgustda boshlanib ketgan edi.
Saylovda Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lgan nomzodning shtabi Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga ovoz berish natijalarini tan olmasligini bildirgan.
Keyinroq Tixanovskaya Belarusni tark etgani va ayni paytda Litvada ekani xabar qilingan.