Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:48

Milliarder Usmonovning xayriya pullari tez yordamchilarga to‘liq yetib bormadi (VIDEO)


"Tez yordam" xizmati xodimlari milliarder Alisher Usmonov tomonidan ularga ajratilgan xayriya pullari to‘liq yetib kelmaganidan shikoyat qilmoqda.

Ozodlikka mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan murojaatlarda "Tez yordam" xodimlari hukumat qarorida belgilangan summadan 150 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha kam olishganidan shikoyat qilishgan.

Joylardagi Tez tibbiy yordam bo‘limlari mas’ullarining ba’zilari yuzaga kelgan vaziyatni hukumat qaroriga Sog‘liqni saqlash vazirligi kiritgan o‘zgartish bilan izohlasa, boshqalari vazirlik tomonidan taqsimotning noto‘g‘ri qilingani bilan izohladi.

Usmonovdan 100 mlrd + byudjetdan 100 mlrd

O‘tgan oy oxirida rossiyalik (asli o‘zbekistonlik) milliarder Alisher Usmonov tomonidan Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlari uchun 100 mlrd so‘m (taqriban 10 mln AQSh dollari) miqdorida homiylik xayriyasi ajratildi.

Shuningdek, tez yordamchilarni bir martalik rag‘batlantirish uchun davlat byudjetidan ham 100 mlrd so‘m pul ajratilgan.

Vazirlar mahkamasi qarorida ushbu 200 mlrd so‘mni "Tez yordam" xizmati vrachlariga 5 million so‘m, feldsherlar va sanitarlarga 4 million so‘m, haydovchilarga 3 million so‘mdan bo‘lib berilishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyat, Muborak tuman Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari Ozodlikka videomurojaat yo‘llab, rag‘batlantirish pullari taqsimlanishida nohaqliklar bo‘lganidan shikoyat qilishdi:

“COVID-19ga qarshi kurashayotgan xodimlarga prezidentimiz belgilagan bir martalik rag‘bat puli to‘liq to‘lanmadi. Bizning rahbarlar 2 mln so‘mdan berdi. Ayrimlar 1 million so‘mdan oldi. 6 foizlik ustama ham olganimiz yo‘q. Buxgalteriyaga uchrasak, qoniqarli javob ololmadik. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlayapmiz. Mutasaddilardan to‘lov adolatli berilishi borasida yordam so‘raymiz”.

Муборак тумани тез тиббий ёрдам бўлими ходимлари шикояти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:38 0:00

Buxoro viloyat, Qorako‘l tuman Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ham Ozodlikka murojaat qilib, rag‘batlantirish pullarini to‘liq olmaganiga norozilik bildirishdi:

“Qorako‘ldagi tez tibbiyotchilar Alisher Usmonov ajratgan yordam pulini to‘liq olishmadi. Har bir odamga hukumat qarorida belgilangan summadan 150 ming so‘m kam berishdi. Shunga haqlimi ular? Qolgan pul qayerga ketgan? Alisher Usmonovning sovg‘asini nimaga to‘liq berishmadi bizga?”

Qorako‘llik tez yordamchilar Ozodlikka taqdim qilgan hujjatda bir martalik rag‘batlantirish pullari qarorda belgilanganidan kam berilgani qayd qilingan.

Hujjatga ko‘ra, Qorako‘l tuman Tez tibbiy yordam brigadalarining jami 200 xodimiga hukumat qarorida belgilangan 710 million so‘m o‘rniga 686 million so‘m tarqatilgani yozilgan.

Jumladan, 5000000 so‘m pul olishi kerak bo‘lgan vrachlarga 4834944 so‘m berilgan. 4000000 so‘m olishi lozim bo‘lgan feldsherlarga 3866017 so‘m berilgan.

Navoiy shahri Tez yordam xizmati xodimlaridan ham shu mazmundagi shikoyat keldi:

“Alisher Usmonov tomonidan pandemiya sababli barcha tez yordam xodimlariga bir martalik rahbatlantirish pullari ajratildi. Afsuski, bu mablag‘lar noqonuniy ravishda taqsimlanmoqda. Bizga qarorda belgilangan pulni to‘liq berishmadi. Hammadan urib qolishdi. Shikoyat qilib, mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildik. Biroq natija bo‘lmadi”.

Bu kabi shikoyatlar mamlakatning deyarli barcha hududlaridan, jumladan, Namangan viloyati Chust tumani, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani tez tibbiy yordam xizmatlari xodimlaridan keldi.

Ayni paytda tez tibbiy yordam xizmatining hukumat qaroriga kirmagan xodimlari ham rag‘batlantirish pullariga haqli ekanini aytmoqda.

Jumladan, chustlik va uchko‘priklik tez yordamchilar “Rag‘bat pulini taqsimlashda tez yordam dispetcherlarini ham unutmanglar!”, deb yozdi.

“Tez yordam xizmati xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul hamma xodimlarga ham to‘lanmadi. Xususan, dispetcherlar va dori-darmon xodimlariga. Tez yordam xizmati faqat vrach, hamshira, haydovchi va sanitarkadan iborat emas. Dispetcherlar va dori-darmonga mas’ul xodimlar ham COVID-19 bemorlari bilan kontaktda bo‘lib ishlamoqda”, deyiladi Uchko‘prik tuman tez tibbiy yordam xodimlaridan kelgan shikoyat maktubida.

Ozodlik tez yordamchilar shikoyatlarini o‘rganish uchun bir qancha Tez tibbiy yordam bo‘limlari bilan bog‘landi.

Qashqadaryo viloyat, Muborak tuman Tez tibbiy yordam bo‘limi mas’uli xodimlarning rag‘batlantirish pullari turlicha berilganini quyidagicha izohladi:

“30 iyul kuni Vazirlar mahkamasining 458-sonli qarori chiqdi. Qarorda 2020 yilning 1 iyunigacha ishga qabul qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari berilishi yozilgan. Qarorda beriladigan summa ham aniq qilib ko‘rsatilgan ya’ni vrach xodimlarga 5 million so‘m, feldsherlar va

sanitarlarga 4 million so‘m, haydovchilarga 3 million so‘m berilishi ko‘rsatilgan. Lekin 4 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi rag‘batlantirish pullarini taqsimlash borasida yangi ko‘rsatma berdi. Vazirlar Mahkamasi qarorida tez tibbiy yordam xodimlari deyilgan, vazirlik tez tibbiy yordam brigadalari deb o‘zgartirdi ya’ni bo‘limning hamma xodimlariga berilmaydi. Birinchi qarorda kimga qancha berishi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, vazirlik xodimlarning stavkasiga qaralishini buyurdi. Shuning uchun xodimlarda tushunmovchilik paydo bo‘ldi. Rag‘batlantirish pullari ham xodimlarning stavkalariga qarab, har kimga har xil tarqatildi”.

Buxoro viloyat, Qorako‘l tuman Tez tibbiy yordam xizmati mas’uli esa xodimlarning shikoyatlarini vazirlik tomonidan taqsimotning noto‘g‘ri qilingani bilan izohladi:

“To‘g‘ri xodimlarga ajratilgan rag‘batlantirish pullaridan ushlab qolindi. Lekin bu yerda maxinatsiya yoki talon-torojlik bo‘lgani yo‘q. Sababi rag‘batlantirish uchun ajratilgan pullar yetmadi. Vazirlik taqsimotni noto‘g‘ri qilgan. Shuning uchun tez yordam brigadalari xodimlariga bor pul teng taqsimlandi, foiz hisobida. Yetmagan pul barcha xodimlardan ushlab qolindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlashga ham, hokimiyatga ham, hamma joyga ma’lumot berildi. Viloyatdagi ekonomistlar bilan maslahatlashildi. Ayb bizda emas. Muammo sababi taqsimotni noto‘g‘ri qilishganida”.

Ozodlik Sog‘liqni saqlash vazirligining mulozimlaridan biri bilan bog‘landi. U tez yordam brigadalariga rag‘batlantirish pullari tarqatilishida umuman muammo yo‘qligini, bu borada vazirlikning rasmiy Telegram kanalida barcha ma’lumotlar borligini ta’kidladi.

Vazirlikning Telegram kanalida rag‘batlantirish pullariga doir 13 avgust kuni qo‘yilgan postda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Shohrux Shorahmedov bilan kun.uz muxbirining suhbati yoritilgan.

Shorahmedov “pandemiyaga qarshi kurash jarayonida ishtirok etayotganlarning hammalariga munosib e’tibor qaratilayotgani”ni ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG