Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:54

Minskda halok bo‘lgan namoyishchining dafn marosimida minglab odam qatnashdi


34 yoshli Aleksandr Traykovskiy 10 avgust kuni Minskning Pushkin maydonidagi namoyish payti halok bo‘lgan edi.
34 yoshli Aleksandr Traykovskiy 10 avgust kuni Minskning Pushkin maydonidagi namoyish payti halok bo‘lgan edi.

15 avgust kun Belarus poytaxti Minskda minglab odam namoyishchi halok bo‘lgan joyga gul qo‘ydi.

34 yoshli Aleksandr Traykovskiy 10 avgust kuni Minskning Pushkin metrosi yaqinidagi maydonda noroziylik namoyishi payti xavfsizlik kuchlari bilan ro‘y bergan to‘qnashuvda halok bo‘lgandi.

Traykovskiyning yaqinlari odamlarni dafn marosimi bo‘ladigan cherkovda to‘planmasdan, u halok bo‘lgan Pushkin metrosi yaqinidagi joyga borishni tavsiya qilgandi.

Aleksandr Traykovskiy halok bo‘lgan joyda 15 avgust kuni minglab odam to‘plandi.
Aleksandr Traykovskiy halok bo‘lgan joyda 15 avgust kuni minglab odam to‘plandi.

Ayni paytda Belarusda namoyishlarning yettinchi kuni, minglab odam ko‘chaga chiqdi, xavfsizlik kuchlari ularga qarshilik ko‘rsatmayapti.

Belarus prezidentlik saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya o‘z tarafdorlarini 15-16 avgust kunlari tinch namoyishlar o‘tkazishga chaqirgandi.

U 14 avgust kuni shahar merlariga tinch namoyishlar xavfsizligini ta’minlash iltimosi bilan murojaat qildi.

Tixanovskaya o‘z videomurojaatida Belarus hukumatini norozilarga qarshi kuch qo‘llashdan tiyilishga chaqirdi. Shuningdek, u “jinoiy buyruqlarni” bajarishdan bosh tortayotgan militsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

So‘nggi ikki kun ichida mamlakatdagi ko‘plab zavod va korxonalar ishchilari ham namoyishchilarga qo‘shildi.

Ular orasida "BelAz" va "MAZ" zavodlari ishchilari ham bor.

Belarusda 1994 yildan buyon iqtidorda qolayotgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovida g‘olib chiqqani e’lon qilinganidan keyin boshlanib ketgan norozilik namoyishlarida shu kunga qadar kamida ikki kishi halok bo‘ldi, minglab odam turli ko‘rinishda jarohat oldi.

Namoyishlarning dastlabki uch kunida xavfsizlik kuchlari tomonidan shafqatsizlik bilan kuch ishlatilishi oqibatida 200dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi.

XS
SM
MD
LG