Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:48

Noroziliklar ortidan talabalarga kontrakt to‘lovi bo‘yicha chegirma beriladigan bo‘ldi


Telegram tarmog‘ida o‘nlab guruhga qo‘shilgan talabalar pandemiya sharoitida minglab oila duch kelayotgan moliyaviy muammolar sabab kontrakt to‘lovi arzonlashtirilishini talab qilib chiqqandi.
Telegram tarmog‘ida o‘nlab guruhga qo‘shilgan talabalar pandemiya sharoitida minglab oila duch kelayotgan moliyaviy muammolar sabab kontrakt to‘lovi arzonlashtirilishini talab qilib chiqqandi.

Samarqand davlat universiteti (SamDU) rahbariyati oliygoh talabalarini kontrakt to‘lovini arzonlashtirish talabi bilan o‘tayotgan yoshlarning onlayn norozilik harakatiga qo‘shilmaslik choralarini ko‘ra boshladi.O‘zbekiston oliygohlarida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan barcha talabalarga kontrakt to‘lovi bo‘yicha 10 foiz chegirma beriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bayonot berdi.

Telegram tarmog‘ida o‘nlab guruhga qo‘shilgan talabalar pandemiya sharoitida minglab oila duch kelayotgan moliyaviy muammolar sabab kontrakt to‘lovi arzonlashtirilishini talab qilib chiqqani xaqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi koronavirus pandemiyasi sharoitida og‘ir ahvolda qolgan talabalarni qo‘llash maqsadida kontrakt to‘lovi bo‘yicha ularga 10 foiz chegirma berilishini bildirdi.

Bundan tashqari yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, "temir daftar" ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordamlar berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazirliklarga ko‘ra, oliygohlar hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 million so‘mgacha yordamlar berilishi ham mumkin.

Talabalarga bunday yengillik ularning ijtimoiy tarmoqlardagi norozilik chiqishlari ortidan e’lon qilindi.

2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligi e’lon qilinganidan so‘ng¸ ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘z noroziligini ifodalashga kirishgandi.

Ozodlik bu jarayonni yoritib bordi.

Telegram tarmog‘ida ochilgan o‘nlab guruhga qo‘shilgan talabalar pandemiya sharoitida minglab oila duch kelayotgan moliyaviy muammolar sabab kontrakt to‘lovi arzonlashtirilishini talab qilgandi.

Jumladan, “Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash” guruhida e’lon qilingan so‘rovnomada qatnashgan 120 mingga yaqin talabaning 91 foizi “Yangi o‘quv yilida kontrakt miqdori arzonlashtirilishi kerak”, deya ovoz bergan.

Jizzax Pedogogika instituti Tarix fakultetining 3- kurs talabasi Islombek Po‘latov ham talabalarning onlayn norozilik harakatiga qo‘shilganlardan biri.

Qashqadaryo viloyat Koson tumanida yashovchi 25 yashar Islombek Po‘latov Ozodlik orqali hukumat vakillariga videomurojaat bilan chiqib, mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish lozimligini ta’kidladi va buni eplay olmayotgan mulozimlar, jumladan, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov iste’fosini talab qildi.

Талаба Исломбек Пўлатовнинг ҳукумат вакилларига мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:04 0:00

Samarqand davlat universiteti (SamDU) rahbariyati oliygoh talabalarini kontrakt to‘lovini arzonlashtirish talabi bilan o‘tayotgan yoshlarning onlayn norozilik harakatiga qo‘shilmaslik choralarini ko‘ra boshlagandi.

2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili 2 sentabrdan, masofaviy shaklda boshlanadi.

Shu kundan o‘qishga kirish bo‘yicha test sinovlari ham boshlanib, o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 1 oktabrdan yo an’anaviy, yo masofaviy tarzda boshlanishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG