Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:18

Bir oiladagi uch o‘limga sabab bo‘lgan"Surum fojiasi" figurantlari ishi tergovga qaytarildi


O‘zbekistonda tabiiy gaz bosimidagi keskin o‘zgarishlar tufayli portlash holatlari ¸ ayniqsa¸ isitish mavsumida tez-tez sodir bo‘ladi.
O‘zbekistonda tabiiy gaz bosimidagi keskin o‘zgarishlar tufayli portlash holatlari ¸ ayniqsa¸ isitish mavsumida tez-tez sodir bo‘ladi.

Shu yilning 14 avgust kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani sudi "Surum fojiasi" nomini olgan voqea yuzasidan mahkamani to‘xtatdi va ishni qayta tergovga yubordi.

Bu boradagi sud ajrimida dastlabki tergov harakatlarida protsessual normalarga amal qilinmagani, jinoyat ishining to‘la taftish etilmagani hamda ayblanuvchilarning hatti-harakatlariga huquqiy baho berilmagani ta’kidlanadi.

Shuningdek, Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan jinoyat ishi materiallarida sodir bo‘lgan fojia ko‘lami o‘rganilmagani, uning sabab va oqibatlari taftish qilinmagani bayon qilinadi.

Ozodlik shu yilning 12 iyun kuni 2019 yilning noyabr oyida Quyichirchiqning Surum qishlog‘idagi xonadonlardan birida portlash ro‘y berib, bir oilaning uch a’zosi halok bo‘lgan, yana uch a’zosi - ikki bola va ularning onasi kuyish jarohati olib, bir umrga majruh bo‘lgani ortaida mahkama boshlangani haqida xabar bergandi.

Mazkur ish bo‘yicha ayblangan "O‘ztransgaz" shirkatining to‘rt nafar mulozimi, Quyichirchiq tumani IIBsining ikki nafar xodimi sudga tortildi. Ikki nafar militsiya xodimiga ehtiyot chorasi sifatida qamoq, qolgan mulozimlarga esa garov sharti bilan ochiqda qolish chorasi qo‘llanildi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 241-moddasi (Jinoyat haqida xabar bermaslik) va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha ish ochilgan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra¸ fojia shu mas’ul shaxslarning o‘z xizmat vazifasiga loqayd munosabatda bo‘lishi sabab yuz bergan.

Ozodlik ixtiyoridagi tergov hujjatlariga ko‘ra, 2019 yil 11 noyabr kuni Hulkar Pirnazarova ismli ayolning xonadonidan ellik metr naridagi gaz quyish shoxobchasiga yer ostidan tortilgan polietilen quvur teshilgan. Oqibatda, undan sizib chiqqan gaz yer osti bo‘ylab xonadonga tarqalgan. Bundan bexabar Pirnazarova oshxonada choy damlash uchun gugurt yoqqanida gaz chaqnab, portlash ro‘y bergan.

Portlash oqibatida Pirnazarovaning turmush o‘rtog‘i va qaynonasi halok bo‘lgan bo‘lsa¸uning to‘qqiz yashar o‘g‘li fojiadan ellik kun o‘tib, olgan kuyish jarohati oqibatida kasalxonada olamdan o‘tdi.

Sud 3 oylik tergov muddatlari belgilagan va tergov bitgach, mahkama qayta boshlanadi.

XS
SM
MD
LG