Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:58

7 kun/11 soatdan ishlagan ishchilar haydaldi. Ish beruvchi ularni brak qilganlikda aybladi


Green Power Stroy MChJ amalga oshirayotgan mehmonxona qurilishida ishlagan surxondaryolik ishchilar.
Green Power Stroy MChJ amalga oshirayotgan mehmonxona qurilishida ishlagan surxondaryolik ishchilar.

Surxondaryoning Qiziriq tumanilik 10 ishchi Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida (Toshkent shahri) qurilayotgan zamonaviy mehmonxona kompleksi yotoqxonasidan 19 avgustda haydaldi.

Ishchilardan bir kun oldin Ozodlikka kelgan videomurojaatda ular 17 avgustdan ish joyiga qo‘yilmayotgani, 1 avgustdan beri bajargan ishi uchun haq berilmayotganidan arz qilgan edi.

Yaponiyalik deb taqdim etilgan investorning puliga mehmonxona qurayotgan korxona bosh muhandisi qiziriqlik ishchilarni qurilish me’yorlarini buzib, korxonaga jami 33 mln so‘mlik zarar yetkazganlikda aybladi.

Ishchilar korxona rahbariyati ayblovini tan olmayapti.

Ozodlikka 18 avgustda kelgan 53 soniyali videoda qurilayotgan bino fonida turgan 7 yosh yigitdan biri Toshkent shahriga Qiziriq tumanidan ishlash uchun kelganini aytadi.

Murojaatchilar ish haqini ololmayotgani, yordam so‘rab Olmazor tuman prokuraturasiga borgani, biroq u yerda “yordam berolmaymiz” degan javob eshitganini aytib, shu masalani hal qilib berishni so‘raydi. Video oxiridagi gapdan murojaat prezident Mirziyoyevga qilingani tushuniladi.

Тошкентдаги қурилишдан ҳайдалган ишчилар мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:53 0:00

Murojaatchilardan biri, 31 yashar Bekzod Ashurovning 18 avgustda Ozodlikka aytishicha, 17 avgustdan boshlab ishsiz qolgan 10 qiziriqlikning 5 nafari Green Power Stroy MChJ amalga oshirayotgan mehmonxona qurilishida ishlashni 7 iyulda boshlagan. Qolgan 5 nafari ishga 13 avgust kuni kelgan. Avvalgi 5 va keyingi 5 kishi - jami 10 kishi 17 avgustdan boshlab ishsiz qolgan.

Ишчи Бекзод Ашуров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:34 0:00
Бевосита линк

Bekzod Ashurovning aytishicha, shaxsan u 7 iyuldan 28 iyulgacha ishlagani uchun 2 460 000 so‘m haq olgan. “Soatbay haq to‘lanishiga kelishganmiz, men ustaman, bir soatim 15 ming so‘m, qolganlarniki 13 ming so‘m”, dedi Bekzod.

Asosiy masala – ular 17 avgustdan boshlab nega ishdan chetlatilganiga Bekzod Ashurov konkret sabab keltira olmadi. Aytgan gaplarining umumiy mohiyati – “ish beruvchining injiqligi”, “ularning o‘rniga boshqa ishchilar olingani” kabi gaplar bo‘ldi. Gap orasida Bekzod Ashurov qandaydir "kolonnalar"ni ham tilga oldi, lekin tafsilotlarini aytmadi.

Qiziriqlik ishchilar murojaati ortidan 18 avgustda Ozodlik bog‘langan Green Power Stroy MChJ bosh muhandisi Mehroj Jumaqulov savolni eshitib-eshitmayoq “tutab” ketdi:

- Bilaman nimani so‘ramoqchiligingizni. Ular 9 ta kolonnani buzib qo‘yishgan. Ularning aybi bilan mening bo‘ynimga 27 mln so‘m ilishyapti. Bu - qurilish materiallari puli. Buning ustiga yana 6 mln so‘m jarima solishyapti menga.

Бош муҳандис Меҳрож Жумақулов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:08 0:00
Бевосита линк

Bosh muhandis iddaolariga dalil sifatida 18 avgustda tuzilgan “Qurilish defektlari akti”ni ham Ozodlikka taqdim etdi. Ozodlikka taqdim etilgan suratlardan binoning beton ustunlari chindan ham buzib qayta quymasa bo‘lmaydigan darajada o‘ta sifatsiz quyilganini, beton quyilayotgan paytda vibrator ishlatilmagani, shibbalanmagani ko‘rinib turibdi.

Bosh muhandis Ozodlikka taqdim etgan suratlardan biri. Unda beton ustun sifatsiz quyilgani ko‘rinib turibdi.
Bosh muhandis Ozodlikka taqdim etgan suratlardan biri. Unda beton ustun sifatsiz quyilgani ko‘rinib turibdi.

Green Power Stroy MChJ bosh muhandisi Mehroj Jumaqulov Ozodlikka taqdim etgan yana bir hujjat qiziriqlik ishchilar brakka yo‘l qo‘ygani haqida 18 avgustda tuzilgan “Dalolatnoma”dir.

Bu hujjatni tuzishda Bekzod Ashurov ham ishtirok etgani qayd etilgan. Biroq Ashurov 19 avgust kuni qayta bog‘langanimizda, dalolatnomani tuzishda ishtirok etmaganini, sifatsiz kolonnalarni esa, “namanganlik ishchilar quyganini, bunga guvohi borligini” aytdi.

Бекзод Ашуров билан 2- суҳбат (Бош муҳандис билан суҳбат ортидан)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:35 0:00
Бевосита линк

Ozodlikning Qurilishdagi brak uchun nega oddiy ishchilarni ayblayapsiz, prorab yoki boshqa mutaxassislar qayerda edi?” degan savoliga bosh muhandisi Mehroj Jumaqulov bunday javob berdi:

- Mening prorablarimga bular “biz ishimizga javob beramiz, sen bizga aralashma” degan.

Bosh muhandis ishchilarga brak kolonnalarni buzib, qayta quyishlari kerakligini aytganini, lekin ular ko‘nmayotganini bildirdi. “Agar shu ishni qilishsa, albatta ish haqlari beriladi”, dedi Mehroj Jumaqulov.

Masalaning ishchilarning o‘zi e’tibor bermayotgan jihatlari

Ishchi Bekzod Ashurov bilan suhbat davomida qurilishda ishni tashkil qilish va ishchilarning huquqlari ta’minoti bilan bog‘liq ba’zi jihatlar Ozodlik e’tiborini o‘ziga tortdi.

Bekzod Ashurovning aytishicha, u:

  • ishga kirayotganida hech qanday ariza yozmagan, xavfsizlik qoidalariga rioya qilaman, degan mazmunda qo‘l qo‘yib bergan xolos;
  • 1 avgustdan 16 avgustgacha (ungacha ham) dam olish kunlarisiz (boshqa ishchilar kabi) ishlagan. “Agar kimdir dam olgisi kelsa, ruxsat so‘raydi va ruxsat berilsa dam oladi. Shanba-yakshanba dam olish degan narsa yo‘q”;
  • ish ertalab 7 dan kechqurun 7 gacha. Tushlik qilib olish uchun 1 soat dam;
  • qurilish hududida ajratilgan yotoqxonada uyidan olib kelgan ko‘rpa-to‘shagida yotadi, karavot yo‘q. Ishxona uch mahal ovqat beradi;
  • ish haqini (2 460 000 so‘m) hech qanday vedomostga qo‘l qo‘ymay olgan: “Oppoq qog‘ozga ism-familiya yozilgan edi. Hech qanaqa imzo qo‘yganim yo‘q”.

Ishchining aytganlaridan paydo bo‘lgan savollarning ba’zilariga Green Power Stroy MChJ bosh muhandisi Mehroj Jumaqulov mana bu javoblarni berdi:

  • Ishga rasmiylashtirish: “Brigadir bilan mehnat shartnomasi qilingan. Telegramdan jo‘natib yuboraman”. (Jo‘natgani yo‘q)
  • Ish vaqti: Ish hajmi berilgan. Xohlasa, 1 kun ishlaydi, 2 kun dam oladi. Bizda grafik bor. O‘sha grafikka ko‘nsa, ishni boshlaydi.

Qonun nima deydi?

Ishchi-xizmatchilarning ish vaqti Mehnat kodeksining VII bobi (Ish vaqti) bilan tartibga solinadi. Kodeksning bu bobida ish vaqtini hisoblashning turli nyuanslari nazarda tutilgan. Biroq fundamental me’yor 115-moddada (Ish vaqtining normal muddati) nazarda tutilgan:

  • Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
  • Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG