Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:41

“Charlie Hebdo” yana Muhammad payg‘ambar karikaturalarini chop etd


2015 yilda "Charlie Hebdo" jurnali karikaturalar uchun terror hujumlarga uchragan, oqibatda, nashrning Bosh muharriri va yana 11 kishi qurbon bo‘lgandi.
2015 yilda "Charlie Hebdo" jurnali karikaturalar uchun terror hujumlarga uchragan, oqibatda, nashrning Bosh muharriri va yana 11 kishi qurbon bo‘lgandi.

Fransiyada chiqadigan "Charlie Hebdo" satirik jurnali Muhammad payg‘ambarni hajv qiluvchi besh yil avvalgi karikaturalarni takror chop etdi.

2015 yilda jurnal karikaturalar uchun terror hujumlarga uchragan, oqibatda, nashrning Bosh muharriri va yana 11 kishi qurbon bo‘lgandi.

Karikaturalar 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘sha terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida qayta nashr etildi.

2 sentabr kun Fransiyada besh yil avvalgi hujum bilan bog‘liq ilk mahkama boshlandi. Unda 14 gumonlanuvchi hozir bo‘ladi.

"Charlie Hebdo" satirik jurnali direktori Loran Surisso 1 sentabr kuni bosilgan tahririyat maqolasida. "Biz hech qachon yengilmaymiz, hech qachon taslim bo‘lmaymiz", deb yozdi.

Jurnalda bosilgan 12 ta karikatura orasida Muhammad payg‘ambar salla o‘rniga bomba kiygan qiyofada aks etgan hajv surat ham bor.

Jurnal tahririyati shu karikaturalar uchun 2015 yilda radikal islomchilar hujumiga uchragandi.

Yahudiylarning supermarketi ham hujumlarga nishon bo‘lgandi.

Hujumchilar politsiya kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgandi.

Terror hujumi

Aka-ukalar Said va Sherif Kuashi jurnal redaksiyasiga qilgan hujumda Fransiyaning taniqli karikaturachilari nobud bo‘ldi.

Hujum ortidan Kuashilar politsiya tomonidan o‘ldirildi, ammo hujumga aloqador 14 nafar shaxs sud hukmini kutmoqda.

Jurnalning yangi soni muqovasida Daniyaning Jyllands-Posten gazetasi 2005 yilda e’lon qilgan Muhammad payg‘ambar karikaturalari chop etildi. "Charlie Hebdo" ushbu karikaturalarni 2006 yilda bosgandi. Undan keyingi yillarda ham jurnal Muhammad payg‘ambarning bir necha karikaturasini e’lon qildi.

Muqova markaziga hujumda halok bo‘lgan Jan Kabu chizgan karikatura joylashtirildi. Sarlavhada "Hammasi bor-yo‘g‘i mana shu uchun" deb yozildi.

"Charlie Hebdo" jurnaliga qilingan hujum Parijda musulmonlar amalga oshirgan bir necha yirik terror hujumining birinchisi bo‘ldi.

Jurnalga qilingan hujumda aka-ukalar Said va Sherif Kuashi redaksiya ichida 11 nafar odamni otib o‘ldirdi, so‘ngra qochib ketayotib bir nafar politsiya xodimini o‘ldirdi. Shuningdek, hujumda bir necha odam jarohatlandi.

Oradan ikki kun o‘tib, ularning do‘sti Amedi Kulibali Parijdagi kosher do‘konga hujum qilib, to‘rt nafar odamni o‘ldirdi.

Oradan 10 oy o‘tib, «Islomiy davlat» jangarilari poytaxt hududida bir necha hujumni amalga oshirib, 130 odamni o‘ldirdi, 400 dan oshiq odamni jarohatladi.

Kulibali va Kuashilar politsiya tomonidan yo‘q qilindi. Ularga ko‘maklashganlar sudi esa endi boshlandi. Sud 2 oyga cho‘zilishi kutilmoqda.

Ayblanuvchilar yuqorida tilga olingan uch asosiy hujumchiga ko‘maklashishda, jumladan, ularni qurol-aslaha va moliya bilan ta’minlashda ayblanmoqda.

Noroziliklar

"Charlie Hebdo" tomonidan Muhammad payg‘ambar karikaturalarining chop etilishi musulmon dunyosida keskin qoralanib keladi.

2015 yilgi hujum "Men Sharli" harakatiga ham turtki bo‘lgan.

Jurnal bosh sahifasida Muhammad payg‘ambar karikaturasi oxirgi marta 2015 yilgi hujum ortidan chop etilgan edi. O‘shanda payg‘ambarning qo‘lida «Men Sharliman» degan yozuvni tutib turgan rasmi «Hamma narsa kechiriladi» sarlavhasi bilan e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi ham Muhammad payg‘ambar hajv qilingan karikaturalarning "Charlie Hebdo" da chop etilishini qoralab chiqdi.

Diniy idora o‘zining veb sahifalarida "Sharli Ebdo" yoki shayton hiylasiga aldanganlar" nomli maqolasini chop etgandi.

XS
SM
MD
LG