Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:26

Ustidan deputatlar Prezidentga arz qilgan Xo‘jaobod hokimi o‘rniga hokim tayinlandi. Asakaga ham


Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman hokimi Otabek Rasulov tuman deputatlari tomonidan jiddiy qonunbuzarliklarda ayblangan edi.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman hokimi Otabek Rasulov tuman deputatlari tomonidan jiddiy qonunbuzarliklarda ayblangan edi.

9 sentabr kuni Andijon viloyat Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zohidjon Zokirjonovich Ahmadaliyev tuman hokimi etib tayinlandi.

Shu kuni viloyatning Asaka tuman hokimi lavozimiga Mansurbek Mamasidiqovich Alixanov tayinlandi.

Ozodlik suhbatlashgan bir necha mulozim joriy yilning 4 sentabrida 2018 yildan buyon Xo‘jaobod tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Otabek Rasulov va Asaka tuman hokimi Inomjon Mamadaliyevlarning Bosh prokuratura ishchi guruhi xulosalari ortidan ishdan chetlatilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ozodlik suhbatlashgan va bir biridan mustaqil ikki mulozimning yakdil fikriga ko‘ra¸ Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Asaka tumanlari hokimlari “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” bois vazifasidan ozod qilingan.

Rasman e’lon qilinmagan bu ma’lumotni Ozodlikka taqdim qilgan mulozimlarga ko‘ra¸ Andijon viloyatida Bosh prokuratura ishchi guruhi "hokimlik tizimidagi iqtisodiy jinoyatlar va byudjet kamomadi sabablarini o‘rganmoqda".

"Hokim dastidan dod!"

Egallab turgan lavozimidan ozod qilingan Xo‘jaobod tuman hokimi Otabek Rasulov, Ozodlikdagi ma’lumotlarga qaraganda, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning oilaviy yaqinlaridan biridir.

Joriy yilning 24 avgustida Ozodlik Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman kengashining 7 deputati tuman hokimi Otabek Rasulov “va uning atrofiga uyushgan g‘alamislar tomonidan sodir etilayotgan jinoiy hatti-harakatlar”ni to‘xtatishni so‘rab O‘zbekiston prezidentiga rasman murojaat qilgani haqida ma’lumot bergan edi.

Deputatlarning Prezidentga xati nusxasi Bosh vazir¸ Bosh prokuror¸ Senat¸ DXX¸ Hisob palatasi¸ Soliq qo‘mitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raislariga ham yuborilgani aytilgan.

Maktubda “o‘nlab gektar sug‘oriladigan ekin yerlari va bog‘larni noqonuniy ravishda uy-joy qurish uchun pullash¸ kambag‘allarga qurilgan uylarning 80 foizini o‘z qarindosh va tanishlariga berish¸ tuman markazidagi qimmat erlarni ochiq savdoga qo‘ymasdan o‘z qarindoshlariga rasmiylashtirish va bu ishlarda minglab dollar pora olish” iddaolari bor.

Pogonli hokim

9 sentabr kuni Asaka tuman hokimi lavozimiga tayinlangan 36 yashar Mansurbek Alixanov Jalaquduq tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Mayor unvoniga ega.

Mayor Mansurbek Alixanov yangi lavozimda Inomjon Mamadaliyev o‘rnida ish boshlamoqda. Inomjon Mamadaliyev 2020 yilning martida Erkinjon Yakubov o‘rniga Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Andijon mulozimlari ustida qora bulutlar?

Ozodlik suhbatlashgan bir biridan mustaqil mulozimlar iddaosiga ko‘ra¸ o‘tgan hafta oxirida xokimlik tizimida Bosh prokuratura ishchi guruhi iqtisodiy jinoyatlar¸ noqonuniy yer sotish va byudjet kamomadi borasida tekshirish o‘tkazgan.

Bu tekshirish tugamasidan turib ijtimoiy tarmoqlarda “viloyat hokimining ishdan olingani” haqida "xabar"lar tarqaldi. Andijonlik inson huquqlari faoli Saidjaxon Zaynobiddinov joriy yilning 6 sentabrida “Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ishdan olingani” haqida xabar bergan bo‘lsa, 7 sentabrga kelib “bu xabarning noto‘g‘ri” ekanligini aytib uzr so‘radi.

Andijon viloyat hokimi Abdurahmonovning joriy yilning 17 avgust kuni pandemiya cheklovlariga qaramasdan qiziga dabdabali tug‘ilgan kun tashkil qilib bergani tarmoq va ijtimoiy mediada jiddiy tanqidga uchragan edi.

4 sentabr kuni Ozodlikka “viloyat hokimligi xodimlaridan 20 kishining jumadan shanbaga o‘tar kechasi boshlariga qop kiydirib maxsus kuchlar olib ketgani. Ular joriy hokimga qarshi ko‘rsatma bergani” haqida iddaoli ma’lumot kelgan edi. Iddaoga ko‘ra¸ “Tekshirish asnosida Asaka tuman hokimi ishdan olingan” (Bu gapdan 5 kun o‘tib bu ma’lumot rasman tasdig‘ini topdi)

Ozodlikka yuborilgan xabar
Ozodlikka yuborilgan xabar

Prezident adminstratsiyasiga yaqin mulozim esa, 7 sentabrda Ozodlikka Andijon viloyatida uch tuman hokimi ishdan olinganini bildirgan edi. (Bu xabar ham 2 kun o‘tib qisman tasdiqlandi)

Raspublika “Mahalla” jamg‘armasida ishlaydigan mulozim ham bu ma’lumotni tasdiqlagandi:

“Jalaquduq¸Xo‘jaobod va Asaka tumanlari xokimlari o‘tgan hafta oxirida ishdan olingani rost. Viloyat Maxalla fondining raxbari xam arizasiga binoan ishdan ketdi”.

Ozodlik muxbiri 7 sentabrda bu ma’lumot bo‘yicha Andijon viloyat hokimligiga telefon qilgan, o‘zini umumiy bo‘lim xodimi deb tanishtirgan mulozim bu ma’lumotni tasdiqlamagan, lekin inkor ham qilmagan edi.

Mirziyoyev hokimlari

Prezident Mirziyoyevning“hokim mening vakilim¸ unga tekkanning pogonini o‘zim yulib tashlayman” degan bayonotidan so‘ng¸ Ozodlikka kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda¸ hokimlar qonundan ustun turuvchi toifaga aylangan.

Hokimlar bedodligi haqidagi ko‘payib ketgan tanqidlar fonida joriy yil fevralida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva¸ hokimlarning vakillik organlari ustidagi hukmronligiga barham berish lozimligini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG