Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:39

Venerada mikroorganizmlarga hayot kechirish uchun imkoniyat beruvchi modda topildi


Havaidagi o‘zga sayyoralarni kuzatuvchi James Clerk Maxwell teleskopi.
Havaidagi o‘zga sayyoralarni kuzatuvchi James Clerk Maxwell teleskopi.

Olimlar Venera sayyorasi osmonida kamdan kam uchraydigan kimyoviy modda borligini aniqladilar. Mazkur modda mikroorganizmlarga sayyorada hayot kechirish omili bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Olimlar tarixda birinchi marta o‘zga sayyoralarda hayot mavjudligini tasdiqlovchi dalilga ega bo‘lishlari ehtimoli borligini ta’kidlamoqdalar.

Nature Astronomy jurnalida 14 sentabrda chop etilgan maqolada aytilishicha, Venerada topilgan fosfin ( fosfor gidridi, PH₃) gazi sayyorada mikroorganizmalar uchun yashash imkoniyati mavjudligidan darak bermoqda.

Fosfin rangsiz zaharli gaz bo‘lib, u Yerda kamdan kam holatlarda uchraydi. Fosfin chaqmoq chaqishi yoki vulqon otilishi oqibatida oz miqdorda hosil bo‘ladi.

Lekin Venerada fosfinning juda katta zahirasi topilgan. Olimlar taxminicha, bunday katta miqdordagi fosfin zahirasi tabiiy yo‘l bilan, ya’ni kislorodsiz muhitda yashovchi bakteriyalarning hayotiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. Ammo olimlar hozircha Venerada hayot izlarini topmadilar.

Tadqiqot mualliflaridan biri bo‘lgan Uelsdagi Kardif universiteti astronomi Jeyn Grivz bu kashfiyotdan “larzaga tushgani”ni bildirdi.

NASA ma’muri Jim Bridenstayn bu voqeani “Yerdan tashqarida ham hayot borligini isbotlash yo‘nalishidagi sezilarli yutuq”, deb atadi.

Shu kungacha Venera Yerdan tashqarida ham hayot borligini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan tadqiqotlar markazida bo‘lgan emas.

Yerning koinotdagi eng yaqin “qo‘shnisi” bo‘lgan Venera sathi harorati juda baland – Selsiy bo‘yicha 460 gradus bo‘lib, bunday haroratda hatto qo‘rg‘oshin ham erishi mumkin. Shuning uchun bu yerda hayot mavjudligi tahmin qilinmagan.

XS
SM
MD
LG