Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:25

Qirg‘iziston prezidenti vaziyat barqarorlashganidan so‘ng iste’fo berishga tayyor ekanini bildirdi


Prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 5 - oktabrdan beri 5-marta xalqqa murojaat qildi.
Prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 5 - oktabrdan beri 5-marta xalqqa murojaat qildi.

Besh kundan beri qayerda ekani noma’lum bo‘lib qolayotgan, ammo prezident matbuot xizmati Bishkekda ekanini bildirayotgan prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 9 - oktabrda e’lon qilgan navbatdagi videomurojaatida vaziyat barqarorlashgani va yangi hukumat tayinlangandan so‘ng iste’fo berishga tayyor ekanini bildirdi.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘z murojaatida siyosiy vaziyat o‘ta keskinlashganini ta’kidladi va vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi:

"Jo‘g‘o‘rqu Kenesh (parlament) saylovlari natijalarini bekor qildik. Endi yangi parlament saylovlari tayinlanadi. Bu borada Markaziy saylov komissiyasi o‘zining tegishli qarorini qabul qiladi. Bu qadamlar hozirgi siyosiy inqiroz darajasini pasaytiradi deb ishonaman", - der ekan, Jeenbekov inqirozgacha ishlab kelgan hukumat raxbari va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarib, keyingi tayinlashlarga qonuniy yo‘l ochish kerakligini aytgan.

Yangi Bosh vazir va hukumat a’zolarini tayinlashni qonuniylashtirish uchun parlament qarori va prezident farmoni zarur ekani ham aytilgan.

«Men farmonlarni imzolashga tayyorman. Buning uchun parlamentning tegishli qarorini kutaman. Parlament o‘z vazifasini bajarishini ta’minlash uchun huquq tartibot organlari deputatlar xavfsizligini ta’minlashi kerak», - dedi Jeenbekov.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov videomurojaatida vaziyat barqarorlashgani va yangi hukumat tayinlangandan so‘ng iste’fo berishga tayyor ekanini bildirdi.

Qirg‘izistonda saylov natijasiga norozi partiyalarning 5 - oktabrdagi aksiyasi ommaviy janjalgacha borib, siyosiy inqiroz boshlangandan beri bu prezidentning to‘rtinchi murojaati bo‘ldi.

Jeenbekov mamlakatni siyosiy bo‘shliqdan olib chiqish uchun shu rasmiy hujjatlar zarur ekanini va siyosiy kuchlardan qadam kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

8 - oktabrda prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov parlament spikeri Miqtibek Abdildayev bilan telefon orqali gaplashib, vaziyatni barqarorlashtirish uchun bir qator takliflar muhokama qilinganini e’lon qilgan.

Qirg‘izistonda 4 - oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovidan keyin siyosiy bo‘hron vujudga kelgan. Saylov natijalarini bekor qilish talabi bilan boshlangan norozilik aksiyalari tartibsizliklarga aylanib ketgan.

6 - oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilar prezident apparati va parlament faoliyat yuritadigan “Oq uy”ni egallab olishgan. Prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov mamlakatdagi voqealarni “hokimiyatni egallab olishga urinish” o‘laroq baholagan va Qirg‘izistonning legitim rahbari bo‘lib qolayotganini bildirgan. Bu orada Bishkekda turli siyosiy kuchlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash avj olgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG