Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:23

AQSH Isroildan G‘azoga ko‘makni ko‘paytirishni talab qildi


AQSH Isroilga G‘azo bo‘lgasiga insonparvarlik ko‘magi hajmini oshirish bo‘yicha talabnoma yo‘lladi.

Bi-bi-si xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Isroil hukumatiga insonparvarlik ko‘magini kengaytirish uchun 30 kun muhlat berarkan, ushbu talab bajarilmasa, ayrim harbiy ko‘mak turlari to‘xtatilishidan ogohlantirgan.

AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Miller Isroilga “xususiy diplomatik maktub” tarzida talabnoma yo‘llanganini tasdiqlagan.

Millerga ko‘ra, G‘azo bo‘lgasiga yetib borayotgan insonparvarlik ko‘magi juda oz.

Vashington Isroil tavsiyani qabul qilgan holda g‘azoliklarga insonparvarlik ko‘magini keskin oshirishiga umid qilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar bir yildan buyon urush kechayotgan G‘azo bo‘lgasi aholisi oziq-ovqat, suv va dori-darmon taqchilligidan aziyat chekayotgani haqida bong urib keladi.

XS
SM
MD
LG