Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:19

AQSH musulmon jamoalari G‘azo urushi sabab prezident saylovida Baydenni qo‘llamoqchi emas


Prezident Jo Bayden. Isroil - Falastin mojarosi.
Prezident Jo Bayden. Isroil - Falastin mojarosi.

O‘tgan shanba Detroyt chekkasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada AQSH prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmagani sabab bir necha shtatlarning musulmon jamoalari yetakchilari uni saylovda qo‘llab-quvvatlamaslik haqida bayonot berishdi, deya xabar bermoqda “The Associated Press” axborot agentligi.

Michigandagi demokratlar Oq uyni ogohlantirishicha, Baydenning Isroil-Hamas urushi borasidagi siyosati uni 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida musulmon saylovchilar qo‘llovidan mahrum qilishi mumkin.

Michigan, Minnesota, Arizona, Viskonsin, Florida, Jorjiya, Nevada va Pensilvaniya shtatlaridan musulmon jamoalar etakchilari AQSHdagi arab amerikaliklar eng ko‘p to‘plangan Michigan shtatidagi Dirborn shahrida "Baydenni rad et, hoziroq otashkesim" shiorini aytishdi.

Hamas boshqaradigan G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi shanba kuni Isroil va Hamas o‘rtasidagi urushda halok bo‘lganlar soni 15,200 nafarga yetgani, ularning uchdan ikki qismi ayollar va voyaga yetmaganlar ekanini ma’lum qildi. Taxminan 1200 isroillik halok bo‘lgan, ularning aksariyati 7-oktabr kuni Hamasning Isroilga hujumi natijasida o‘lgan.

Baydenning o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni istamagani uning Amerika musulmon jamiyati bilan munosabatlariga tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazdi, dedi konferensiyani tashkil etishda yordam bergan minneapolislik Jaylani Husayn.

"Bizning soliqlarimiz oilalar va bolalar yo‘q qilinishiga sarflanmoqda", dedi Husayn. "Bugun biz ko‘rayotgan narsa fojia ustiga fojiadir."

Husayn The Associated Press axborot agentligiga shunday deydi: “Jamoamizda g‘azab nihoyatda yuqori. Bizni yanada g‘azablantirgan narsalardan biri bu ko‘pchiligimiz prezident Baydenga ovoz berganimizdir. Hatto bir diniy yetakchi mendan: “Men 2020-yilgi saylov byulletenimni qanday olsam bo‘ladi, uni yo‘q qilmoqchiman?” deb so‘radi, deydi u.

Oq uy matbuot kotibi Endryu Beyts avvalroq Bayden ma’muriyati G‘azo sektoriga yordam yetkazish uchun gumanitar to‘xtalish qilishga undaganini aytgan va ayni paytda "antisemitizm zahriga qarshi kurashish va Isroilning o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini himoya qilish har doim Prezident Bayden uchun asosiy qadriyat bo‘lib kelgan", deb qo‘shimcha qilgan edi.

Michigan, Viskonsin va Pensilvaniya shtatlari Baydenning 2020-yilgi saylovda g‘alabasiga yordam bergan edi. Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, 3,45 millionga yaqin amerikalik o‘zini musulmon hisoblaydi va ular mamlakat aholisining 1,1 foizini tashkil qiladi. Ularning aksari demokratlarga ovoz beradi.

Biroq shanba kuni musulmon yetakchilarning aytishicha, G‘azo sektorida falastinlik erkaklar, ayollar va bolalar ko‘proq o‘ldirilgani sababli, musulmonlarning Baydenni qo‘llashi susaygan.

“Biz musulmon amerikaliklar ojiz emasmiz. Biz kuchlimiz. Bizda nafaqat pul, balki haqiqiy ovozlar ham bor. Biz esa bu ovozdan bu xalqni o‘zining zararidan o‘zini qutqarish uchun foydalanamiz”, dedi Husayn anjumanda.

Musulmon jamiyati yetakchilarining Baydenni qoralashi respublikachilarning birlamchi saylovlarida yaqqol favorit bo‘lgan sobiq prezident Donald Trampni qo‘llashini anglatmaydi, deya tushuntiradi Husayn.

“Bizda yo‘l ikkita emas. Bizda ko‘p variantlar bor va buni amalga oshiramiz”, dedi u.

Ғазо Исроил қуршовида
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:16 0:00

G‘azo rasmiylarining ma’lum qilishicha, 7-oktabr kuni Hamas Isroilga hujum qilganidan beri G‘azo sektorida 6000 dan ortiq falastinlik bolalar halok bo‘lgan. Isroil rasmiylariga ko‘ra, Hamasning Isroilga hujumida kamida 33 bola halok bo‘lgan, 40 nafar bola garovga olingan.

Human Rights Watch’ning aytishicha, Isroilning Hamasga qarshi hujumlari natijasida bir necha tug‘ruqxona va reproduktiv salomatlik klinikalari yopilgan yoki boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, Isroil G‘azo sektorida ham elektr energiyasini uzib qo‘ygan va shifoxona uskunalarini quvvatlaydigan generatorlarni bir oydan ko‘proq ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i importini taqiqlagan.

XS
SM
MD
LG