Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 09:57

Armaniston TIV Rossiya elchisiga norozilik notasini topshirdi


Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin
Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Kopirkinga norozilik notasini topshirdi. TIV saytida bildirilishicha, bunga “Rossiya 1” kanalida 12-yanvar kuni yoyinlangan “Vesti nedeli” (“Hafta xabarlari”) dasturida respublika “suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan narrativalar” sabab bo‘lgan.

Dastur boshlovchisi Dmitriy Kiselyovning aynan qaysi so‘zlari Armaniston suverenitetiga qarshi qaratilganiga aniqlik kiritilgan emas. Mazkur dasturda lavhalardan biri Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan edi. Kiselyov Yerevan “uch tomonlama kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlari”ni e’tiborsiz qoldirayotganini iddao qilgan. U Armanistonning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini boshlashini “Rossiya bilan aloqalarni yig‘ishtirish” deya izohlagan.

Bu ish yaxshilik bilan tugamaydi. Lekin, aytilganidek, tanlov qilish sizga havola”, deya qayd etgan Kiselyov.

Avvalda yaqin va ittifoqchilik aloqalari o‘laroq ko‘rilgan Rossiya bilan Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda sezilarli darajada sovigan. Armaniston tomoni dastavval Rossiya boshchilik qilib kelayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini qisqartirgan, keyin esa butunlay to‘xtatgan. 2024-yil dekabrida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHT bilan munosabatlarda o‘z mamlakati qaytmas yo‘lga kirgani haqida bayonot bergan.

2025-yilning yanvar oyi boshida Armaniston parlamenti Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan. Rossiya Yerevanning bu qadami Armanistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (Moskva yetakchiligidagi bojxona bloki) a’zoligiga nomuvofiq ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG