AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan Harbiy-havo kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general K. Braun 16-yanvar kuni Virjiniya shtatidagi Mayer-Xenderson-xoll bazasida prezident Jo Bayden sharafiga xayrlashuv marosimini o‘tkazishdi. Marosimda vitse-prezident Kamala Harris ham ishtirok etgan.
Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar oldida o‘z burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda ularni qo‘llab kelayotgan oila a’zolariga tashakkur izhor qildi. Ayni paytda u amerikaliklarning barchasi o‘zlarining pogon taqqan himoyachilarining oldida qarzdor ekanini urg‘uladi.
Xayrlashuv marosimini Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi va AQSH mudofaa vaziri ochishib, harbiy xizmatchilarga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Baydenga minnatdorlik bildirishdi.
Avvalroq Bayden prezident lavozimida AQSH xalqiga so‘nggi murojaati bilan chiqqan edi. U o‘z so‘zida AQSHga oligarxiya tahdid qilayotganini aytib, Amerika demokratik institutlarining mamlakat farovonligini ta’minlashga qodirligiga amin ekanini qayd etgan edi.