Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2025, Тошкент вақти: 07:35

Bayden Ukraina qarzining bir qismidan kechib yubormoqchi


AQSH prezidenti Jo Bayden
AQSH prezidenti Jo Bayden

Prezident Jo Bayden Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardan bo‘lgan qarzining 4,6 milliard dollaridan kechib yuborish niyatida. Bu haqda Bayden ma’muriyatining Kongressga yo‘llagan va nusxasi Bloomberg agentligi tasarrufida bo‘lgan xatida aytilgan.

Bu summa Kiyevga 60 milliard dollarlik yordam paketi doirasida joriy yil bahorida AQSH Kongressi tomonidan Ukrainaga ajratilgan 9 milliardlik qarzning yarmini tashkil qiladi. Qarzning bir qismidan kechib yuborilishi “Qo‘shma Shtatlar va uning Yevropa Ittifoqidagi, G-7 va NATOdagi hamkorlari milliy manfaatlariga mos ravishda Ukraina qo‘li baland kelishiga yordam beradi”, deyilgan xatda.

Bu pullar qonun chiqaruvchi respublikachilar tashabbusiga ko‘ra aprel oyida kredit sifatida ajratilgan bo‘lib, bu g‘oyani birinchi bo‘lib Donald Tramp ilgari surgan edi. Qarzdan kechib yuborish imkoniyati Kongress qarorida ko‘zda tutilgan.

Bloomberg agentligining yozishicha, prezident Baydenning bu qarori uning qolgan ikki oylik prezidentlik muddatida Kiyevga imkon qadar ko‘proq yordam berishni maqsad qilgan so‘nggi bir necha qarordan biridir. 20-noyabr kuni Ukrainaga 275 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratilishi haqida ham e’lon qilingan. Bu paket doirasida Kiyev piyodalarga qarshi minalarga ega bo‘ladi.

Bayden ma’muriyati Ukraina Kongress qarori bilan o‘ziga ajratilgan barcha vositalar va qurol-aslahalarni Jo Bayden Oq uydan ketgunicha olishini kafolatlashga urinmoqda.

XS
SM
MD
LG