Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:47

Baydenning vidolashuv "sovg‘asi"."Gazprombank" sanksiyaga tushdi, rubl qulamoqda


Gazprombank.
Gazprombank.

Oxirgi paytgacha Rossiyaning Yevropa bilan neft va gaz savdosi qoldiqlariga xizmat ko‘rsatgan muhim ahamiyatga ega Gazprombank ham qora ro‘yxatga kiritildi. 21-noyabr kuni AQSH Rossiya moliya sektoriga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Sanksiyalar kuchga kirgach, yevropalik xaridorlar Rossiya gazi uchun to‘lovning so‘nggi qonuniy usulidan mahrum bo‘ladi.

AQSHning Rossiya moliya sektoriga qarshi sanksiyalarining yangi qismi – Jo Bayden ma’muriyatining "vidolashuv sovg‘asi" hisoblanadi. Bu 2022-yildan buyon sanksiyalar ro‘yxatining eng keng ko‘lamli to‘ldirilishidir. Unga 15 nafar jismoniy shaxs kiritilgan bo‘lib, ulardan 11 nafari Rossiya bankida rahbarlik lavozimlarida ishlaydi.

Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina va uning birinchi o‘rinbosari Olga Skorobogatova (u 2-dekabr kuni Markaziy bankni tark etadi) 2022-yildan beri sanksiyalar ostida. Endi boshqa o‘rinbosarlar va departamentlar rahbarlariga navbat keldi. Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar va depozitariylardan iborat Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi ham "qora ro‘yxat"ga kiritildi. Shuningdek, Rossiyaning 50 dan ortiq banki, jumladan, tizimli ahamiyatga ega "Dom.RF" va "Gazprombank" xorijiy sho‘ba korxonalari bilan birga ro‘yxatga kiritildi. Bu sho‘ba korxonalar Shveysariya, Janubiy Afrika, Gonkong, Luksemburg va Kiprda aniqlandi.

Бирламчи капитал ва иккиламчи санкциялар. Россия бизнеси Ўзбекистонда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:57 0:00

Nihoyat, Amerikaning sanksiyalar bo‘yicha nazoratchi organi – Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga - SWIFTning rossiyacha muqobiliga qo‘shilgan yoki qo‘shilishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar va banklar ham sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qolish xavfi borligi haqida ogohlantirish berdi.

Butun to‘plam ichida aftidan, "Gazprombank"ka qarshi sanksiyalar eng og‘iri. 20-dekabrdan boshlab u bilan barcha operatsiyalar to‘xtatilishi kerak. Faqatgina "Saxalin-2" loyihasi bilan bog‘liq to‘lovlar uchun istisno qilingan – ularga 2025-yil 28-iyungacha ruxsat etilgan. Eslatib o‘tish joizki, aynan shu bank, Putinning 2022-yil bahorida imzolagan farmoniga ko‘ra, "do‘st bo‘lmagan" mamlakatlardan xaridorlarning Rossiya gazi uchun hisob-kitob tizimining asosiy kanali hisoblanadi. Dollar va yevroni ushbu bankdagi ko‘p valyutali hisob raqamlarga o‘tkazib, keyinchalik rublga konvertatsiya qilishdan boshqa usul ko‘zda tutilmagan. Bu Amerika sanksiyalari kuchga kirgandan so‘ng Rossiya uglevodorodlarini Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlarga oxirgi ta’minotlar kelajagini ham shubha ostiga qo‘yadi. "Gazprombank"ning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi "Gazprom" gaz quvurlari tranzitini 2024-yil 31-dekabrdan keyin to‘xtatish haqidagi Yevropadagi muhokamalarda hal qiluvchi dalil bo‘lishi mumkin.

Oqibatlar "Gazprom"ni "do‘st bo‘lmagan" mamlakatlar valyutalaridagi tushum qoldiqlaridan mahrum qilishdan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Rossiya valyuta bozoridan qolgan narsalar uchun yaqingacha dollarda korrespondent hisob raqamiga qonuniy ega bo‘lgan va dollarda bitimlar hamda o‘tkazmalar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan "Gazprombank"ning rolini ham baholab bo‘lmaydi. Amerikaliklar Rossiya moliya sektorini dunyoning qolgan qismidan ajratib turuvchi devordagi so‘nggi yirik "tuynuk"ni yopmoqda. To‘liq moliyaviy qamal haqida hozircha gapirishning hojati bo‘lmasa-da, "Gazprombank"ka qarshi sanksiyalar Moskva birjasining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishidan keyingi jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Иккиламчи санкциялардан қўрқув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:43 0:00

Rossiyalik eksportchi va importchilarning faoliyatini yanada murakkablashtirish maqsadida "do‘stona" deb ataladigan mamlakatlarga pul o‘tkazish va rublni xalqaro savdoda ko‘proq ishlatiladigan valyutaga aylantirish uchun faol foydalanilgan kichikroq banklarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi. Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, yangi paket hozirgi Rossiya iqtisodiyoti uchun juda og‘riqli nuqtaga zarba bermoqda. Tashqi savdo zarar ko‘radi. Rubl zaiflashdi. Dollar 100 rubldan yuqoriga mustahkam o‘rnashib oldi va bu narxlarni oshirish uchun yana bir qo‘shimcha omil bo‘ladi. Dastlab import qilinadigan iste’mol tovarlari va Rossiya ishlab chiqaruvchilari uchun butlovchi qismlar, keyin esa qolgan barcha narsalar narxi oshadi.

Qizig‘i shundaki, Rossiyada va uning tashqarisida Germaniya Rossiya gazisiz qanday yashashi haqida ko‘proq muhokama qilinmoqda. Biroq, nemislar eplab ketsa kerak. Birinchidan, Rossiya gaz qazib olinadigan va eksport qilinadigan yagona davlat emas. Ikkinchidan, nafaqat Rossiya gazisiz, balki umuman gazsiz ham yashash mumkin.

Yaqinda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘z hududining qishga qanday tayyorgarlik ko‘rganini aytdi. O‘tin tayyorladik, pechkalar yasadik, generatorlar sotib oldik... Buni qarangki, aynan Belgorod viloyatida Kreml targ‘ibotchilari 2022-yilda Yevropaga boshiga tushadi deya bashorat qilgan narsalarning barchasi sodir bo‘lmoqda. Ammo Yevropa bir amallayapti. Rossiyaning gaz (va nafaqat gaz)ga boy Belgorod yoki Kursk viloyatlari haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.

XS
SM
MD
LG