Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:44

“Biror bir ish beringlar, yordam qilinglar, ko‘chada qolyapman”


Sirdaryo viloyat, Guliston shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan ikkinchi guruh nogironi, yolg‘iz ona Shohista Hakimboyevaning arz qilishicha, bankdan olgan kreditini koronavirus sabab to‘lay olmay qolgani bois juda ham og‘ir ahvolda qolgan:

“Erim qattiq urib, ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qoldim. To‘rt yashar qizim bor. Ijarada yashayman. Bankdan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 7 million so‘m kredit olib, gaz plita, xolodilnik va boshqa anjomlar sotib olgan edim. Uyda yarim mahsulot tayyorlab do‘konlarga tarqatib kreditimni to‘la boshladim. Olti oy to‘laganimdan keyin kovid chiqib qoldi. Ishim o‘ldi. Endi har kuni bankdan kelib, to‘la deb qo‘yishmayapti. Judayam og‘ir ahvolda qoldim. Hokimiyatga murojaatlarim javobsiz qolyapti. Iltimos, yordam beringlar, nima qilishimni bilmay qoldim”.

“Бирор бир иш беринглар, ёрдам қилинглар кўчада қоляпман”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:35 0:00
Бевосита линк

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG