Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:19

BMT eksperti O‘zbekistondagi "buz-buz"lar va majburiy ko‘chirishlarni tanqid qildi


O‘zbekistonda qonun bilan belgilangan uy-joyga bo‘lgan huquq va uning kundalik hayotga tatbiq etilishi o‘rtasida katta tafovut bor. Bu haqda BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.

Rajagopal O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mulkni o‘zboshimchalik bilan tortib olish va uylarni buzishdan huquqiy himoyani yaxshilash, shuningdek, shaharsozlikda aholi ishtirokini ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi qonunlar, jumladan, yangi konstitutsiya qabul qilinganini olqishladi, deb yozdi UN News.

“Ammo bu qonunlar, ayniqsa, qurilish sohasida amal qilinmaganda samaraliy huquqiy himoya yo‘qligi, xabardorlik darajasi pastligi sababli kundalik amaliyotda ko‘pincha bajarilmay qoladi”, dedi maxsus ma’ruzachi.

Uy-joyni olib qo‘yish

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan miqyosdagi urbanizatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, ba’zan butun hududlar buzilib, yangi mavzelar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bu yetarli asoslarsiz sodir bo‘lmoqda va qarorlar jamoatchilik, xususan, mahalliy aholi ishtirokisiz qabul qilinadi, dedi BMT eksperti.

Ҳукумат Бухоро Туризм марказини барибир қурмоқчи. Бухороликлар қарши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:09 0:00

“Sud hokimiyati mustaqilligi muammoligicha qolmoqda. Quruvchilar va aholi bilan bog‘liq sud ishlarining aksariyati quruvchilar foydasiga hal qilinayotganga o‘xshaydi», deya ta’kidladi u. Bundan tashqari, maxsus ma’ruzachi suddan tashqari shikoyat mexanizmlari ko‘pincha samarali va o‘z vaqtida himoyani ta’minlamaydi, degan xulosaga keladi.

Mustaqil ekspert ekspropriatsiya qilingan uy-joy uchun kompensatsiya ko‘pincha yetarli bo‘lmasligi, kechikish yoki umuman to‘lanmasligi haqida ogohlantirdi. Ayrim buzish va ko‘chirish ishlari zo‘rlik bilan amalga oshirilayotgani, ba’zan uy-joylar yaqinida xavfli qurilish ishlari olib boriladi, suv va gaz ta’minoti uzib qo‘yiladi, shu bilan xonadon egalari o‘z uylarini tark etishga majbur qilinadi. Ko‘chirilgan aholiga yangi uy-joy taklif qilinganda, u ko‘pincha shaharlarning chekkasida qurilayotgan yangi turar-joylar bo‘ladi.

BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal.
BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal.

Amalda yaxshi niyat

“Uylarni buzish va majburiy ko‘chirishlar hatto Samarqand va Buxoro kabi muhofaza etiladigan madaniy meros hududlarida ham sodir bo‘lgan”, deydi Rajagopal. U Unesconi 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Unesco Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tegishli uy-joy huquqiga to‘liq rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi.

Maxsus ma’ruzachi, shuningdek, majburiy ko‘chirishdan aziyat chekkanlar, huquq himoyachilari, advokatlar, shuningdek, uy-joylarning o‘zboshimcha buzilishi haqida yozayotgan blogerlar va jurnalistlar qo‘rqitilib, shubhali asoslarda hibsga olinayotganidan xavotir bildirdi. Kamida bitta holatda jabrlanuvchi yopiq psixiatriya muassasasiga joylashtirilgan.

Мирзиёев “хабарсиз” қолган буз-буз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:46 0:00

“Uy-joy muammolarini hal qilish uchun ko‘pincha yaxshi niyatlar bildiriladi. Ammo ezgu niyat ramkasidan tashqari chiqish vaqti keldi – biz qog‘ozdagi qonun va rejalarni emas, balki amaldagi natijalarni ko‘rishimiz kerak”, deya xulosa qildi maxsus ma’ruzachi. Rajagopal 2025-yil mart oyida Inson huquqlari kengashiga tashrifi haqida batafsil hisobot taqdim etadi.

Maxsus ma’ruzachilar Inson huquqlari bo‘yicha kengashning maxsus protseduralarining bir qismi sanaladi. Maxsus protseduralar bo‘yicha mutaxassislar ixtiyoriy asosda ishlaydi; ular BMT xodimlari emas va qilgan ishlari uchun maosh olmaydi. Ular hukumat yoki tashkilotdan mustaqil ravishda harakat qiladi.

XS
SM
MD
LG