Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 07:40

Britaniya parlamentida rossiyalik diplomatlar qo‘lga olindi


Big-ben yonidan qo‘lida gazeta bilan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi (arxiv surati)
Big-ben yonidan qo‘lida gazeta bilan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi (arxiv surati)

Rossiyalik diplomatlardan bir necha nafari Britaniya parlamenti binosida qo‘lga olingan. Ular ekskursiya chog‘ida umumiy guruhdan ajralib, Lordlar palatasi majlislar zaliga kirib qolgani aytilmoqda. Britaniyaning Guardian gazetasi mamlakatda 25-dekabr kuni nishonlanadigan Rojdestvo bayrami arafasida sodir bo‘lgan bu noxush hodisa haqida maxsus material tayyorlagan.

Nashr qaydicha, parlament binosining ichki qo‘riqchilari rossiyalik diplomatlarni Palata xonasidan chiqarib yuborib, ularga mazkur xonada ekskursiya o‘tkazilmasligini ma’lum qilishgan.

Britaniya hukumati bu hodisaga ancha jiddiy yondashdi, deb yozgan Bi-bi-si gazeta materialiga tayangan holda. Har ikki palata deputatlariga Rossiyadan bo‘lgan diplomatlarni hatto xususiy tarzda ham parlament binosiga taklif qilmaslik talabi bilan xat yo‘llangan.

Maqola mualliflari rossiyaliklar britaniyalik deputatlar yoki bino xodimlaridan kimningdir shaxsiy tashabbusi bilan uyushtirilgan ekskursiyaga kelishganmi yoxud oddiy sayyohlar singari chipta olib kelganmi − hozircha noaniq bo‘li qolmoqda.

Rossiya davlati vakillari 2022-yil martidan boshlab rasman istalmagan shaxslar (persona non grata) deb e’lon qilingan, bu haqda Rossiya elchisi yozma shaklda xabardor qilingan, deb yozgan Guardian.

Ikki palata deputatlariga ularning raislari ser Lindsi Xoyl va lord Makfoll nomidan yo‘llangan xatda “amaldagi choralar Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirgani ortidan qabul qilingan”i qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG