Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:59

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov bosh prokurorni korrupsiyada aybladi (VIDEO)


Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov.
Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov.

11 - dekabr kuni Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga video murojaat e’lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoyinlangan murojaatda Jasur Fozilov Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Buxorodagi kriminal shaxslarni qo‘llash va viloyatdagi korrupsiya holatlariga aloqadorlikda ayblaydi.

Uch oy avval vafot etgan Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev rahnamoligida ishlab kelganini ta’kidlagan Fozilov uning o‘limidan so‘ng bosimga uchrayotgani va o‘ziga nisbatan tekshiruv boshlangani sabab murojaat bilan chiqqanini aytadi.

Bosh prokuratura Jasur Fozilovning barcha iddaolari tekshirilishi va tekshiruvda jamoatchilik nazoratini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.

Prokuror murojaati

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov 1 soat 6 daqiqadan iborat video murojaatida bevosita bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga qarshi da’volarni ilgari surdi.

“Hurmatli bosh prokurorimiz va uning uchta xodimi tomonidan qilinayotgan jinoyatlar haqida aytib bermoqchiman”, deya Fozilov bosh prokurorni mansab vakolatini suiiste’mol qilish, vazifasidan chetga chiqishda ayblaydi.

Fozilov 1 - dekabr kuni uning ustidan xizmat tekshiruvi boshlangani, o‘zi va qarindoshlari tergov qilingani ortidan ushbu murojaatni e’lon qilganini aytadi:

“Katta mansabdor shaxsman. Lekin ilojim yo‘q… Ular jinoyat qilib, bizga tazyiq qilishiga, o‘zining jinoyatini yashirish uchun bunaqa tazyiq qilishiga men chidab turolmayman”.

Fozilov Buxoroda pullarni naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi firma 10 milliard so‘mni soliqdan yashirgani bo‘yicha tergov boshlagani, biroq tergov xolis o‘tkazilishiga bosh prokuror boshchiligida bosim bo‘layotganini iddao qilgan.

Ushbu firma egasini kriminal avtoritet sifatida ta’riflagan Fozilov uni bosh prokuror shaxsan qo‘llab kelayotganini aytadi.

O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi ham aynan o‘sha firmaga nisbatan ishni to‘xtatmagani ortidan boshlanganini aytgan Fozilov “hurmatli bosh prokurorimiz jinoyatchilarning ustida o‘tiribdi” deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevga qarshi kompromatlari borligini ta’kidlaydi:

“Kadrovoy masalada kimdan qancha olib, kimni qayerga qo‘yganini, hammasini aytib beraman. Hurmatli bosh prokurorimiz kelib, bu yerda 15 kun yurganida nimalar bo‘lganini ham hammasini aytib beraman”.

Fozilov Mega Bukhara savdo majmuasi qurilishiga ham bosh prokurorning bevosita aloqadorligini va bu yerda korrupsiya holatlari bo‘lganini iddao qiladi.

Fozilov iddaosicha, savdogarlarga yangi do‘konlar katta summada sotilgan va savdogarlardan tushgan pullar naqdlashtirilib, ma’lum shaxslar o‘rtasida bo‘lib olingan.

“Pullar qayerga ketayotganini bilaman. Kimning dolyasi borligini ham bilaman” deya Fozilov savdo markazi qurilishiga “soxta investorlar” jalb qilinganini iddao qiladi:

“Milliardlab olingan moshennichestvo yo‘li bilan. Buni ham tekshirish kerak. Ular investor emas hech qanaqa. Amerikanskiy firma deydi. Investor emas, ikkita moshennik odamlarning puliga quryapti. Ikkita moshennik odamlarni qon qaqshatib pullarini naqd qilib, chiqarib ketayapti bular. U yoqda kredit rasmiylashtiryapti. Lekin bu odamlarning puli. Hech qanaqa investitsiya kiritmagan”.

Fozilov ushbu savdo markazida o‘zining ham 8ta do‘koni borligini, ularni arzon narxda olganini ham yashirmaydi. Bu do‘konlar ukasi, tog‘asi va haydovchisining otasi nomiga rasmiylashtirilganini aytadi.

Shuningdek, Fozilov bolalar boqchalari qurilishida va boshqa maqsadlarda homiylik mablag‘laridan foydalanganini ham tan oladi va qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygani aniqlangudek bo‘lsa, javob berishga tayyorligini aytadi.

Fozilov uch oy avval vafot etgan Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev qo‘llovida ishlab kelganini yashirmaydi. Barnoyevning o‘limidan so‘ng bosimga uchraganini aytgan, Fozilov "agar Barnoyev tirik bo‘lganida bosh prokuror Buxoroga yaqinlasha olmasdi", deydi.

Fozilov bosh prokuraturada o‘zi ham ishlaganini aytar ekan, jinoyatlarni yopish va soxtalashtirishdan yaxshi xabardorligini gapiradi:

“Mening bu gaplarimdan keyin ertadan ko‘rolmay qolsalaringiz hayron bo‘lmanglar. Bugun bostirib kelib, olib ketishlari ham mumkin”.

Rasmiy bayonot

Bosh prokuratura Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov murojaati bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qilib, Fozilov tilga olgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho berilishini bildirdi.

Bosh prokuratura binosi.
Bosh prokuratura binosi.

“Bosh prokuratura murojaat va bayonotda bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha shaffof va oshkora o‘rganish o‘tkazilishini, bunda jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun doimiy hamkorlikka tayyorligini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Bosh prokuratura Jasur Fozilovga qarshi buxorolik tadbirkor arizasi asosida tekshiruv o‘tkazayotganini aytgan.

Bayonotdan ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor o‘z arizasida Jasur Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro shahrida qurgan yirik savdo majmuasidagi do‘konlardan birini arzon narxda ya’ni 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 million so‘m bo‘lgan savdo do‘konini shahar prokuroriga 5 million so‘mdan sotganini aytgan.

Tadbirkor oradan bir yil o‘tib, ya’ni joriy yilning oktyabrь oyida Fozilov shu narxdan yana bitta do‘konni sotishini talab qilganini, rad javobini bergani uchun shahar prokurori uni tergovga chaqirib, javobgar qilish bilan qo‘rqitayotganini aytgan.

“Ushbu holat bo‘yicha J.Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tekshiruvning xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, ish holatlariga to‘liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta’sirlarning oldini olish maqsadida u 2020 - yil 2 - dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha ozod qilingan”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

XS
SM
MD
LG