Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:21

Dantes Construction: Biz mahalliy tadbirkorlar faoliyatiga hech qanday to‘siq qo‘ymadik


“Dantes Construction Investment Group” rahbari Dantes Ustajalilov.
“Dantes Construction Investment Group” rahbari Dantes Ustajalilov.

Sirdaryo viloyat, Guliston shahridagi “Guliston sity” loyihasida ishtirok etayotgan “Dantes Construction Investment Group” tashkiloti rahbari Dantes Ustajalilov OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilib, mahalliy tadbirkorning o‘z faoliyatiga nisbatan e’tirozlariga munosabat bildirdi.

10 - aprel kuni OzodMikrofon ruknida nashr etilgan “Hokimlikka yaqin bitta tadbirkor besh yuz tadbirkorni daromaddan mahrum qilmoqda” maqolasida, gulistonlik tadbirkor Shavkat Muhammadiyev “Dantes Construction Investment Group” rahbari Dantes Ustajalilov qurilish bahonasida mahalliy tadbirkorlar do‘konlari joylashgan ko‘chani yopib qo‘yib, ularning savdosiga sun’iy to‘siq qo‘yayotgani haqida shikoyat qilgan edi.

12 - aprel kuni “Dantes Construction Investment Group” rahbari Dantes Ustajalilov Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilib, mahalliy tadbirkorning gaplariga o‘z e’tirozini bildirdi.

Dantes Ustajalilovning aytishicha, uning hokim bilan shaxsiy yaqinligi yo‘q, qurilishni “Guliston siti” loyihasi asosida, texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda olib bormoqda.

Quyida Dantes Ustajalilovning tadbirkor Shavkat Muhammadiyev bildirgan e’tirozlariga munosabatini tinglang:

Dantes Construction: Биз маҳаллий тадбиркорлар фаолиятига ҳеч қандай тўсиқ қўймадик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:45 0:00
Бевосита линк

*************************************************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG