Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:20

Davlat aralashuvi va banklarga bosim. O‘zbek so‘mi yana qadrsizlanmoqda


Bir dollar kursi 10 600 so‘mdan oshdi.
Bir dollar kursi 10 600 so‘mdan oshdi.

Oxirgi 10 kunda AQSh dollari va yevroning o‘zbek so‘miga nisbatan kursi sezilarli darajada ko‘tarilishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan qo‘shni davlatlarda dollarning mahalliy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi kuzatilayotir. Moliya mutaxassislari o‘zbek milliy valyutasining xorij valyutalarga nisbatan qadrsizlanishini inflyatsiya va davlatning bozor mexanizmlariga aralashuvi yuqoriligicha qolayotgani bilan tushuntirmoqda.

Narxlar barqarorligi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan kursi o‘sib borayotgani kuzatildi.

2021 - yilning 20 - mayidan O‘zbekiston Markaziy banki xorij valyutalarining so‘mga nisbatan kursini yangiladi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 20 - maydan AQSh dollari kursi so‘mga nisbatan 9 so‘mga ko‘tarilib, 10 586 so‘mni tashkil etdi.

O‘tib borayotgan 10 kun davomida kuzatilayotgan o‘zbek valyutasi qadrsizlanishi oqibatida 26 - may kuni 1 AQSh dollari 10 616 so‘mga baholandi.

Mutaxassislar so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishini turli omillar bilan izohlamoqda.

Xususan, ayrim kuzatuvchilar so‘m bilan bog‘liq o‘zgarishlarni O‘zbekiston Markaziy bankining milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdan narxlar barqarorligiga o‘tishga boshlagani bilan bog‘lamoqda. 2017 - yilda e’lon qilingan va 2021 - yilgacha rejalashtirilgan iqtisodiyot liberallashuvi siyosati doirasida O‘zbekistonda Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi qabul qilingan edi.

Mazkur siyosatning keyingi qadamlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 9 - yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.

Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.

Ya’ni shu davrdan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki valyutani sotib olish va sotishga narxlarni belgilashni to‘xtatdi. Endi narx bozorda erkin tartibda shakllanishi ko‘zda tutilgan.

Qo‘shnilarda nima gap?

O‘zbekiston bilan qo‘shni davlatlarda dollarning mahalliy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi kuzatilayotgani e’tiborga molik.

Ozodlik savollariga javob bergan Ostonadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti, iqtisodchi olim Saparboy Jubayev qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi vaziyatga baho berdi.

- Uzoq muddat davomida Qirg‘izistonning ham, Qozog‘istonning ham, hatto Rossiya pul birligi qadri tushib boraveradi. Ammo qisqa vaqtlar davomida, masalan Qozog‘istonda, ba’zan neft, bug‘doy, bizga eksport qilinadigan yog‘ bahosi oshishi kuzatiladi. Qozog‘istonda erkin dollarga sota oladigan korxonalar tushumi oshadi, dollar sotuvga chiqadi va ichkarida tangaga talab kuchayadi. Shunda dollar tushadi. Hozir bizda 427 tanga bo‘ldi, biroy oldin 432-ga chiqib ketgandi bir dollar. Soliq to‘lash, oylik berish kerak.

Qirg‘iziston masalasi jiddiyroq... Bu yerda eksport qilinadigan narsa yo‘q bo‘lgani uchun davlat qattiq monetar siyosatni olib boryapti. Narx faqat talab-taklif bo‘yicha belgilanayapti. Ular o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni aholiga sotib, shunga dollarga narsa sotib oladi. Qirg‘iziston oz bo‘lsa ham tovarlari va xizmatlari eksporti, investitsiyalar kelishi, chet elga pul mablag‘larini o‘tkazishidan kurs balansi kelib chiqib turadi. O‘zbekistonda shu balans buzilgan: masalan, imkoniyatlarga qaramasdan eksportni ko‘paytirib yuboramiz.

Ya’ni bizda davlatning bozor mexanizmlariga aralashuvi juda kuchli. Qirg‘iziston banklarga prezidenti yo amaldori “Ho‘v, valyutani sotgin, kredit bergin”, deb aytolmaydi. Qozog‘istonda esa milliy zahiralari ko‘p bo‘lgani uchun “stabilizatsiya rezervidan” yordam ko‘rsatilishi mumkin. O‘zbekistonda rezervlari kam bo‘lgani bilan banklarni majburlash siyosati mavjud, dedi iqtisodchi olim.

Suhbatdosh hokimlarning biznes va moliya tizimiga eksportni ko‘paytirish, investitsiyani oshirishga majburlayotgani ham hukumatning milliy valyuta qadrini saqlab qolishga urinish, deb bilishini aytdi.

"Odamlar barqarorlikni dollardan izlaydi"

Ismini oshkor qilmagan O‘zbekiston Markaziy bank tizimi xodimlaridan birining fikricha, oxirgi 10 kunda dollarning o‘sib borishiga, eng avvalo inflyatsiya ta’sir o‘tkazmoqda.

- So‘mga inflyatsiya bosimi sezilmoqda. Import qilinadigan ko‘plab tovarlar narxlari oshib ketdi, shu sababli so‘m dollarga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Qolaversa, Putin hukumatining migrantlarni siqib chiqarishga qaratilgan migratsiya qonunchiligi valyuta bozorini biroz sarosimaga soldi - O‘zbekiston ichkarisiga pul jo‘natmalari kamayishi xavfi bor.

Markaziy bank qo‘yib bersa, dollar kursi 12 ming so‘mga chiqishi mumkin. Shunchalik dollarga talab katta! Odatda inqiroz paytida yoki davlat g‘alati qarorlarni chiqara boshlaganda, odamlar barqarorlikni dollardan izlaydi. O‘zbekistonda buning ortidan davlat banklariga aholi ishonchi pasaysa pasayyabtiki, ortmayapti, dedi bank xodimi.

Ayni damda, bu kunda yevroning rasmiy kursi ham oshib, 12 973 so‘mni tashkil etmoqda.

Yil boshidan hisoblaganda, so‘m AQSh dollariga nisbatan 1,19 foizga qadrsizlandi. Joriy yilning mart-aprel oylari davomida so‘m kursi nafaqat barqarorlashgani, balki mustahkamlangani ham kuzatilgan edi.

Pandemiya va oltin eksporti

Ayrim ekspertlar o‘zbek so‘mi qadrsizlanishiga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq tovarlar importi va eksporti keskin kamayganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi hisob-kitobicha, 2021 - yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo ayirboshlashi o‘tgan yilga nisbatan 23,8 foizga kamayib, 4,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ayni damda, milliy valyuta qadrini saqlab turuvchi mamlakatning oltin zahiralari oldi-sotdisi joriy yilning birinchi choragida keskin kamaygani dollar kursiga ham ta’sir qilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston, kotirovkalari 2020 - yilning sentabrida 1950 dollardan pastga tushgach, oltin sotishni to‘xtatgan edi. Bu yil mart oxirida oltin kursi 1670 dollargacha qulagan edi.

Iqtisodiy bloger Otabek Bakirov o‘zining Telegram kanalida oltin kotirovkalari yil boshidan buyon ilk bora yana 1900 dollardan yuqori koridorga qaytganini xabar qildi.

XS
SM
MD
LG