Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:02

Fohishaga “rahnamolik qilgan” IIB mulozimi qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 4-sonli IIB boshlig‘i o‘rinbosari fohishaxona tashkil qilgan ayoldan pora olgani ortidan ikki yilga qamaldi.

Ushbu jinoyat ishini ko‘rib chiqqan Olmazor tumani sudi sudyasi A.Saidov IIB mulozimini ikki yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ishlash huquqidan ham mahrum qilgan, deya xabar qildi Daryo.uz.

Sud hujjatlarida bayon qilinishicha, 31 yoshli sudlanuvchi 2023-yil sentyabr oyidan Shayxontohur tuman IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. IIB mansabdori F. A. ismli ayolning tuman hududida fohishalik bilan shug‘ullanib kelishiga sharoit yaratib berish, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik hamda ushbu noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib turishi evaziga undan har oyda 1500 dollardan pul talab qilgan.

IIB boshlig‘i o‘rinbosari 2024-yil 14-avgust kuni xizmat xonasida ayoldan pora tariqasida birinchi ulushini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Avvalroq Ozodlik Andijon tumanidagi profilaktika inspektori bangfurushga ko‘maklashgani ortidan 10 yil 2 oy muddatga qamalgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG