Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:05

“Hokimning mashinasi urib o‘ldirgan erimning sudiga meni chaqirishmayapti”


Kosonlik Sherali Jumaqulovni tumani hokimi Asrol Boyqarayevning xizmat mashinasi urib yuborganligi, mashina rulida esa uning 19 yashar o‘g‘li bo‘lgani iddao qilingan edi.
Kosonlik Sherali Jumaqulovni tumani hokimi Asrol Boyqarayevning xizmat mashinasi urib yuborganligi, mashina rulida esa uning 19 yashar o‘g‘li bo‘lgani iddao qilingan edi.

Qashqadaryo viloyat, Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayevning “Kaptiva” xizmat mashinasi o‘tgan yilning 12 - dekabr kuni urib o‘ldirgan kosonlik 59 yashar Sherali Jumaqulovning xotini Noila Vahobova ayblanuvchi shaxs ustidan borayotgan sudga jabrlanuvchi sifatida chaqirtirilmaganini, sudda soxta ko‘rsatmalar inobatga olinayotganidan arz qildi:

“Ҳокимнинг машинаси уриб ўлдирган эримнинг судига мени чақиришмаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:39 0:00
Бевосита линк

“Men asosiy jabrlanuvchi bo‘lsam ham, biror marta tergovga chaqirilmadim. O‘g‘limni jabrlanuvchi qilib o‘tkazishibdi. Sudga ham chaqirishmadi. O‘g‘limning aytishicha, sudda bu jinoyat ishini ayblanuvchi foydasiga hal qilish uchun soxta guvohliklardan ham foydalanishyapti. Jinoyat ishida go‘yoki erimning singlisi Feruza Jumaqulovaning akam bordyurdan sakrab mashinaning oldiga o‘zi sakrab chiqqan, degan ko‘rsatmasi bor ekan. Lekin Feruza ham sudga chaqirilmagan. U men hech qachon bunday deb aytmagan ekanman, deyapti. Bundan tashqari O‘ktam degan deputat ham, xuddi shunday deb ko‘rsatma bergan ekan. Vaholanki o‘sha kuni u voqea joyida bo‘lmagan. Sudya, prokuror o‘g‘limga onangizni sudga olib kelmang deb qattiq tayinlagan ekan”.

Ozodlik bu haqda joriy yilning 20 - yanvarida e’lon qilgan “Koson hokimining odam urib o‘ldirgan mashinasini uning o‘g‘li boshqargani iddao qilinmoqda” maqolasida guvohlar mashina rulida hokimning o‘g‘li bo‘lganini aytishgan edi:

“Bizlar tomonda Obron bolnisa bor-da, o‘sha peshexodga yaqinlashayotgan edim. Birdan kuchli qars, degan ovoz eshitildi. Bir buvacha ancha metrga uchib ketdi. Moshin borib, shunday to‘xtadi-da, ichidan ikkita ayol va bitta oq sochli odam tushdi va ayollar Koson tomonga qarab qochib ketishdi. Oq sochli odam hokimimiz edi. Men ham qo‘rqib ketdim-da, o‘zim ham bilmay orqaga qocha boshladim. Birpas mahallaga kirib, o‘zimga keldim-da, yana qaytib o‘sha joyga bordim. Borsam odamlar uje to‘plangan, milisa kelgan, odamlarning telefonlarini yig‘ishtirib olyapti. Ko‘nglim yomon bo‘lib qaytayotsam o‘sha moshinadan bir yoshgina bola tushib, Qarshi tomonga qarab qochib ketyapti, yo‘lda menga urilib ham ketdi. Chiroylikkina bola ekan”.

Voqeaga guvoh bo‘lgan ikkinchi kosonlik tuman hokimi Asrol Boyqarayevni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytgan edi:

“Shanba edi. Men o‘sha kuni to‘ydan piyoda kelayotgan edim. Hokimning mashinasi peshexoddan o‘tayotgan piyodani shunday ham qarsillatib urdiki, u odam uchib ketdi. Qora kurtka kiygan, sochi oq odam old tomondagi passajir joyidan tushdi va moshinani oldi orqasiga qaray boshladi. Yaqinroq borib qarasam, hokim bovoning o‘zi ekan. Meni ko‘rdi-da, yo‘ldan o‘tayotgan bitta moshinani to‘xtatib, minib ketdi. Haydovchi ham qochib ketdi, uni ko‘zim ilg‘amay qoldi”.

Шерали Жумақуловни машинада уриб юборганини бўйнига олган ҳайдовчи Раҳим Жўраев.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:47 0:00

Noila Vahobovaning aytishicha, uning eri o‘lganidan keyin, tuman hokimi mahalliy kengashning O‘ktam ismli deputati vositasida da’vosidan voz kechishi uchun 80 million so‘m pul taklif qilgan edi:

“Menga da’vom yo‘q, deb yozib bersangiz shu pulni beramiz dedi. Men, pullaringni olguncha o‘zimni yoqib yuboraman, dedim. Xudoyiga deb bergan to‘rtta produktasi ham qishloqda qancha gap bo‘ldi, men juda ko‘p tuhmatlarga qoldim. Rulda bo‘lgan hokimning o‘g‘li o‘rniga Rahim Jo‘rayevni rasmiylashtirishib, uni yengil jazo bilan qutultirib olish uchun hamma choralarni ishga solishyapti. Mening da’vom sud bu ishni qayta tergovga qaytarsin, xolis guvohlarni taklif qilsin, haqiqat yuzaga chiqsin, erimning o‘limida asosiy aybdor bo‘lgan shaxs jazolansin!”

Marhum yaqinlari va hodisa guvohlari mashinani hokimning 19 yashar o‘g‘li boshqarganini, yonida hokimning o‘zi, salonda esa uning xotini bilan qizi ham bo‘lganini iddao qilishgan edi.

Ozodlik suhbatlashgan guvohlarga ko‘ra, Asrol Boyqarayev va uning oilasi xodisa joyini zudlik bilan tark etganidan so‘ng, hokimning buyrug‘i bilan rulda tamoman boshqa odam, hokim o‘rinbosarining haydovchisi Rahim Jo‘rayev bo‘lgani rasmiylashtirilgan.

20 - yanvar kuni Ozodlik suhbatlashgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan birining yuqori martabali mulozimi ham bu yo‘l-transport hodisasi Kosonning o‘zida ko‘rilmay, viloyat IIBga oshirilgani ortida O‘zbekiston IIVda ishlaydigan rasmiy turganini aytgan edi.

Koson tumani hokimligining axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev bu iddaolarni rad qilib, avtohalokatda hokim va uning oilasining ishtiroki yo‘qligini ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG