Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:42

Internet media mutaxassisi: TikTokni mentalitetga moslab bo‘lmaydi


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov 15 - dekabr kuni TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti doktor Teo Bertram bilan O‘zbekistonda iyul oyidan beri bloklangan TikTok haqida onlayn uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar qildi.

Komil Allamjonov, Telegram kanalida yozishicha, o‘zaro muhokamada u “TikTok vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odatlar va mentalitetiga moslash bo‘yicha takliflar” bergan.

TikTok vakillari esa bu taklif “albatta inobatga olinishi”ni ta’kidlagan.

Dunyoda qariyb bir milliard foydalanuvchisi bo‘lgan TikTokni o‘zbeklar qadriyatiga, urf-odatlariga mentalitetiga moslash mumkinmi, bu taklifda qanchalik mantiq bor?

Ozodlik radiosining raqamli media bo‘yicha mutaxassisi To‘lqin Umaraliyevning aytishicha, bunday taklif qo‘yishning o‘zi absurd va hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi:

“Bu juda ham qiziq va hech kimning xayoliga ham kelmaydigan yangilik. TikTok hozir dunyoda, Yevropa davlatlari, Rossiya, AQSh, Xitoy kabi aholisi ko‘p mamlakatlarda juda tez rivojlanib borayotgan ijtimoiy tarmoq. Ayniqsa yoshlar va bolalar orasida. Endi bu katta biznes korxona O‘zbekistondek kichkina bozor deb, yo‘nalishini algoritmlarini yoki qoidalarini o‘zgartirishi haqida o‘ylash - absurd! Balki uchrashuvlari haqiqatan ham bo‘lgandir, balki ular Allamjonovning bu taklifini eshitib, ichlarida kulib, xo‘p deb qo‘ygandir. Lekin amalda esa ularning o‘z demokratik qadriyatlari doim ustun turadi”.

To‘lqin Umaraliyev bilan suhbatni quyida tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:48 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda TikTok, Twitter, VKontakte va Skype tarmoqlarini iyul oyida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi bloklagan edi. O‘zbekistonlik foydalanuvchilar bu tarmoqlarga faqat VPN vositasida kira olmoqda.

XS
SM
MD
LG