Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:24

"Islohotchi yoki avtokrat?" Fransuz nashrlari Mirziyoyevning Parijga tashrifi haqida


Shavkat Mirziyoyev ilk bor Fransiyaga 2018-yil oktabrida tashrif buyurgandi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor Fransiyaga 2018-yil oktabrida tashrif buyurgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi, umumiyatla, yetakchi markaziy fransuz nashrlarining e’tiboridan chetda qoldi.

Fransiyaning siyosiy qarashlariga ko‘ra, o‘ngchi deb ta’riflanadigan mushtariylari ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Le Figaro” nashri 22-noyabr kuni ikki prezident uchrashuvi haqida kichik xabar bilan cheklandi.

“Rasmiy Yelisey saroyi mazkur uchrashuv Ukrainadagi urush sabab chuqur destabilizatsiya paytida tashkil etilganini, Fransiya va uning Markaziy Osiyodagi hamkorlari bilan chuqur muloqotga talab borligini urg‘ulagan bo‘lsa-da, aynan bu konflikt ikki prezidentning bayonotida tilga olinmagan” , deb yozadi Fransiyaning markaziy" Le Figaro" nashri.

Fransiyaning iqtisodiyot va moliyaviy xabarlarga ixtisoslashgan kundalik nashri “Les échos” o‘z maqolasini "Moskvadan masofa saqlayotgan, shu bilan birga, uran bo‘yicha dunyo liderlari qatoriga kirayotgan sobiq sovet respublikasi Parijning e’tiboriga arziydi" deya boshlagan.

Maqolada ikki prezident birga tushlik qilgani, undan so‘ng Parijdagi ikki ko‘rgazmani ochib bergani aytiladi.

Maqola muallifi Iv Burdiyon asosiy urg‘uni uran mavzusiga qaratgan.

“Yiliga 3 ming tonna hajmda uran ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi. Fransiya asosan, uranni 2019-yildan buyon Orano Qozog‘iston va O‘zbekistonda geologik qidiruv loyihalarida ishtirok etishiga qaramasdan Nigerdan oladi”, deya fikr yuritadi muallif.

(Orano Fransiyaning halqaro yirik kompaniyasi, Fransiya atom sanoatining lideri. Shu bilan bir paytda Parijda O‘zbekistonga bag‘ishlab o‘tayotgan Luvr muzeyidagi ko‘rgazmaning homiylaridan biri- tahr)

"Uran importi fransuz atom sanoati uchun strategik ahamiyatga ega. Ayniqsa, Ukrainaga bosqin boshlanganidan so‘ng Rossiya gaziga narxlarning keskin o‘sishini hisobga olganda import qilinuvchi uglevodorodga qaramlik xavfi ko‘rinib qoldi” deya ishora qiladi muallif o‘zbek uraniga.

Markaziy kundalik nashrlarga nisbatan ikki baravar ko‘p sotiladigan mintaqaviy nashr hisoblanmish Ouest France onlayn nashrida 22-noyabr kuni “Reformator yoki avtokrat?”” sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

“U ikki yuzliga o‘xshaydi - avtokrat va liberal reformator. Ikkilik Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirgan bo‘lsa-da, siyosiy jihatdan yopiqligicha qolganidadir” deya so‘zboshida Shavkat Mirziyoyevni ta’riflaydi Ouest France.

“Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda deyarli 27 yil mamlakatni boshqargan, zulmkor Islom Karimov o‘limidan so‘ng o‘z mandatining birinchi oylaridan islohotchi do‘ppisini kiyib oldi. Hukumat boshiga kelib Mirziyoyev majburiy mehnatni bekor qildi, iqtisodiyotni erkinlashtirdi va o‘zining opponentlarini ozod qildi” deya iqtibos keltiradi Ouest France Euronews manbasidan.

Мирзиёев Парижда: Макрон билан музокаралар ва Луврга ташриф
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:25 0:00

Maqola davomida Ouest France Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovlarida qo‘lga kiritgan ovoz natijalari hayratga solishini esga oladi.

“Islom Karimovning sobiq xizmatkori tagsarlavhasi ostida fransuz kundalik nashri Mirziyoyevning salkam 30 yil davomida Karimov rejimining ishonchli xizmatkorlaridan biri bo‘lib ishlaganini unutish qiyin”, deb yozadi.

Maqola so‘nggida Ouest France Qarindoshlik tagsarlavhasi ostida Mirziyoyevning hukumatning yuzlaridan biriga aylangan qizi yaqinda prezident administratsiyasining axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganiga e’tibor qaratadi. 2019-yilda qizlaridan yana biri esa maktabgacha ta’lim vazirligiga tayinlangan edi, deya Shavkat Mirziyoyevga oid maqolasini yakunlaydi nashr.

23-noyabr kungi makolasida ushbu nashr asosiy e‘tiborni Parijda ochilgan ikki ko‘rgazmaga qaratdi.

23-noyabr kuni siyosiy qarashlariga ko‘ra so‘lchi mushtariylari ko‘proq bo‘lgan Le Monde nashri “Fransiya Rossiyani yanada izolyatsiya qilish uchun O‘zbekistonga ko‘z tikmoqda" nomli maqola chop etdi.

“Parij oldida to‘qqiz oydan ko‘proq davom etayotgan urush sababli Rossiyani izolyatsiya qilishni davom ettirish g‘oyasi turibdi. Aynan shu sababli kelasi hafta Emmanuel Makron Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni qabul qilishi kutilayotir” deb yozadi ushbu nashr.

“O‘zbekiston prezidenti biz rivojlantirishga yordam berishimiz mumkin bo‘lgan manyovr qila olishi mumkin bo‘lgan hududni o‘rgangani kelmoqda” deya iqtibos keltiradi diplomatik manbasidan fransuz nashri.

Shuningdek nashr,Orano guruhi uran qazib olish to‘g‘risidagi kontrakt ham imzolaganini aytmoqda.

Ikki prezidentning qo‘shma bayonotida uran qazib olish to‘g‘risida hech narsa deyilmagan.

Le Monde Ukrainada urush boshlanishidan oldin, uch yildan buyon Markaziy Osiyoda xususan Qozog‘iston va O‘zbekistonda Yevropa diplomatiyasi aloqalarni mustahkamlash ustida ish olib borayotganini ta’kidlaydi.

“Bu mamlakatlar qanchalik turfa xil bo‘lmasin, ular o‘zlarining ikki yirik qo‘shnisi Rossiya va Xitoyga muqobil sherik qidirmoqdalar” deya izoh bergan fransuz nashriga Fransiya prezidentiga yaqin manba.

“Biroq Moskvadan masofalanish qarori hassosligicha qolmoqda, chunki tarixiy iqtisodiy aloqalar nihoyatda chuqur. Kremlning bosqini to‘g‘risidagi qarorni BMTda tanqid qilmagan va betaraf turganiga qaramasdan, bu davlatlar Rossiya g‘arb sanksiyalarini ularning hududidan aylanib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik va Ukrainadagi harbiy harakatlarda o‘z harbiy qo‘shiniga mobilizatsiya qilishi borasida ehtiyotkor” deya yozadi fransuz nashri.

Fransiyaning iqtisodiy jurnali Capital 23-noyabr kuni onlayn sahifasida Voltalia elektr energiyasi kompleksi bo‘yicha hamkorlik loyihasini e’lon qilgani haqida chop etdi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda Capital.

Осори-атиқалар Парижда. Мирзиёев ташрифи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:34 0:00

Fransiya prezidenti administratsiyasi - Yelisey saroyi 22-noyabr kechqurun chiqargan qo‘shma bayonotda ikki davlatning 30 yillik diplomatik aloqalaridan ikkala prezident mamnunligi bildirilgan. Tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida davlat xizmati, korrupsiyaga qarshi kurash, ta’lim va fuqaroviy aviatsiyaga oid o‘nlab shartnomalar imzolangani ta’kidlangan. Bundan tashqari xavfsizlik va iqtisodiyot masalasida: parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. Shuningdek, ikki prezident 27-28-noyabr kunlari Parijda II Fransuz-O‘zbek universitet forumi o‘tishidan mamnunligi bayon etilgan. Orolbo‘yini rivojlantirish loyihasi va yashil iqtisodiyot loyihalarida Fransiya rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.

O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi 1992-yil 1-martida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi bilan boshlangan.

1993-yil 27-29 oktabr kunlari prezident Islom Karimov Fransiyaga birinchi rasmiy tashrifni amalga oshirgandi.

Karimovning vafotidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Shavkat Mirziyoyev ilk bor Fransiyaga 2018-yilda tashrif buyurgandi. Bu Mirziyoyevning o‘tgan yil oktabrida ikkinchi bor prezidentlikka saylanganidan keyin Fransiyaga ilk tashrifidir. Fransiya shu yil boshida Mirziyoyevning xorijiy safarlari ro‘yxatida yo‘q edi, bu haqda tashrifdan bir necha kun oldin e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG