Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:23

Isroil-Falastin mojarosida urush jinoyatlari bo‘yicha qaysi qonunlar ishlaydi?


Yaqin Sharq. Isroil va falastinliklar. Illyustrativ surat.
Yaqin Sharq. Isroil va falastinliklar. Illyustrativ surat.

Hamasning hujumidan keyin Isroil va Falastin kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv har ikki tomonda ham katta insoniy talafotlarga sabab bo‘ldi.

Urush Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan murakkab xalqaro qonunchilik asosida tartibga solinadi.

URUSHNI QAYSI QONUNLAR TARTIBGA SOLADI?

Qurolli mojaroning xalqaro miqyosda tan olingan qoidalari 1949-yilgi Jeneva konvensiyalaridan kelib chiqadi. Bu hujjatlar BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lib, keyinchalik urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunallar qarorlari bilan to‘ldirilgan.

«Qurolli mojarolar to‘g‘risidagi qonun» yoki «Xalqaro gumanitar huquq» deb atalmish bir qator shartnomalar asosida tinch aholi, askarlar va harbiy asirlarga nisbatan munosabat tartibga solinadi. Bu hukumat kuchlari, uyushgan qurolli guruhlar, xususan, Hamas jangarilariga ham dahldor.

Isroilda vahshiylik sodir etganlikda gumon qilinayotgan falastinliklar va bosib olingan Falastin hududlarida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganlar o‘z vatanlarida javobgarlikka tortilmas ekan, Haagadagi Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) ayblov e’lon qilishi mumkin bo‘lgan yagona xalqaro yuridik organ bo‘ladi.

Milliy sudlar urush jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarda universal yurisdiksiyani amalga oshirishi mumkin, ammo ularning doirasi cheklangan.

XJSga asos solgan Rim statuti ushbu tashkilotga o‘z a’zolari hududidagi ehtimoliy jinoyatlarni, agar milliy hokimiyat organlari buni "xohlamasa yoki qila olmasa", tergov qilish huquqini beradi.

Seshanba kuni XJS prokurori idorasi sud mandati joriy urushda sodir etilgan potensial jinoyatlarga taalluqli ekanligini tasdiqladi va holat yuzasidan ma’lumot to‘planishini aytdi.

XALQARO JINOYAT SUDINING ROLI QANDAY?

Urush jinoyatlari bo‘yicha doimiy global tribunal bo‘lmish Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) 2002-yilda Haagada ochilgan. U 123 a’zo davlatda urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsidlar bo‘yicha yurisdiksiyaga ega.

Dunyoning aksariyat yirik davlatlari, jumladan, Xitoy, AQSH, Rossiya, Hindiston va Misr a’zo emas. XJS Falastinni a’zo davlat sifatida tan oladi, Isroil esa sudning yurisdiksiyasini rad etadi va u bilan rasman aloqa qilmaydi.

Cheklangan byudjet va xodimlar bilan XJS prokurorlari allaqachon Ukraina va Afg‘onistondan Sudan va Myanmagacha bo‘lgan 17 ishni tergov qilmoqda. XJS byudjetidan 2023- yil hisobida Falastin hududlarida tergov o‘tkazish uchun bir million yevrodan sal kamroq (1,06 million dollar) ajratdi, ammo mablag‘ ozligi sababli qo‘shimcha moliyalash talab qilmoqda.

XJS 2021-yildan beri bosib olingan Falastin hududlarida sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar haqidagi da’volarni tekshirmoqda.

Hozirgacha u hibsga olish uchun hech qanday order bermagan.

Prokuror idorasi ta’kidlashicha, 2021-yilda qonunbuzarliklar har bir tomondan, jumladan, Isroil askarlari, Hamas jangarilari va boshqa qurolli Falastin guruhlari tomonidan sodir etilgan deb ishonish uchun yetarli asoslar mavjud.

ҲАМАС-Исроил уруши: 5-кун | ҲАМАС - Исроил уруши: Исроилда 1200, Ғазода 950 киши ўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:26 0:00

QAYSI HARAKATLAR URUSH JINOYATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUNNI BUZISHI MUMKIN?

Human Rights Watch tashkiloti ehtimoliy urush jinoyatlari sifatida Falastin qurolli guruhlarining tinch aholini atay nishonga olishi, nishonni ajratib o‘tirmay raketa otishi va tinch aholini garovga olishini, shuningdek, Isroilning G‘azo sektorida yuzlab falastinliklar o‘limiga sabab bo‘lgan qarshi hujumlarini tilga oldi.

"Tinch aholini qasddan o‘ldirish, garovga olish va jamoaviy jazolash dahshatli jinoyatlardir", deydi tashkilotning Isroil va Falastin bo‘yicha direktori Umar Shakir.

Asirlarni garovga olish, qotillik va qiynoqlar Jeneva konvensiyalariga ko‘ra aniq taqiqlangan va Isroilning qarshi chorasi ham urush jinoyatlari bo‘yicha tergovga tortilishi mumkin.

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant 2,3 million aholi yashaydigan G‘azo sektoriga oziq-ovqat va yoqilg‘i yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qamal kuchaytirilganini e’lon qilgach, BMT rasmiylari va huquq tashkilotlarining tanqidiga uchradi.

Gallant, shuningdek, Isroilning Falastin jangari guruhini yo‘q qilish uchun quruqlikdan G‘azoga bostirib kirishi ehtimoli ortib borayotgan bir paytda Hamasni “yer yuzidan” yo‘q qilishga va’da berdi.

OzodNazar: Исроил-Фаластин зиддияти ечими нимада?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:43 0:00

JENEVA KONVENTSIYALARI QO‘LLANADIMI?

Seshanba kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil qarshi chora ko‘rishga haqli va burchli ekanligini aytdi.

Agar qamal qilish Hamasning harbiy salohiyatini yo‘qotishning qonuniy yo‘li sifatida emas, balki tinch aholini nishonga olsa yoki haddan oshish deb ko‘rilsa, urush jinoyati deb hisoblanishi mumkin.

Harbiy nishonlarga qilingan hujumlar xalqaro huquqqa ko‘ra mutanosib shaklda bo‘lishi kerak, ya’ni ular haddan tashqari ko‘p odamni halok etmasligi yoki fuqarolik obyektlariga zarar keltirmasligi kerak.

XJSda Britaniyada tug‘ilgan isroillik advokat Nik Kaufman G‘azo sektori chegarasi yaqinida yahudiy jamoalariga qilingan hujumni yaqqol urush jinoyati sifatida tilga oldi.

XS
SM
MD
LG