Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2025, Тошкент вақти: 14:23

Isroil politsiyasi avtobuslarni portlatgan shaxslarni qidirmoqda


Tel-Aviv yaqinida portlatilgan avtobuslardan biri
Tel-Aviv yaqinida portlatilgan avtobuslardan biri

Isroil politsiyasi Tel-Aviv yaqinida bir necha avtobusda portlash uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxslarni qidirmoqda. The Times of Israel va Reuters agentligi xabarlariga ko‘ra, rasmiylar portlashlar oqibatida hech kim qurbon bo‘lmaganini bildirishgan.

Isroil nashrlari portlash moslamalari Bat-Yamadagi turargohda bo‘lgan uchta bo‘sh avtobusda ishga tushgani haqida yozishmoqda. Boshqa ikki avtobusdan topilgan bombalar zararsizlantirilgan. Nashrlar yoyinlagan suratlarda yonib ketgan avtobusni ko‘rish mumkin.

Isroil harbiylari portlashlardan so‘ng ishg‘ol etilgan G‘arbiy sohilning ayrim hududlari yopib qo‘yilgani, “kuchaytirilgan aksilterror” faoliyati davom etishi haqida bildirishgan. Bayonotda harbiylar sodir bo‘lgan voqea tergovida Shin Bet ichki razvedka xizmati va politsiya bilan hamkorlik qilayotgani qayd etilgan.

Isroil bosh vaziri ofisi hodisa haqida Binyamin Netanyaxuga harbiy kotibi tomonidan ma’lumot taqdim etilgani va yaqin orada u xavfsizlik sohasidagi vaziyatga baho berishini ma’lum qildi.

Isroil nashrlari mamlakat transport vaziri Jamoat transporti boshqarmasiga avtobuslar, poyezdlar va boshqa jamoat transporti vositalari to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida buyruq chiqargani haqida xabar qilishdi.

XS
SM
MD
LG