Линклар

Шошилинч хабар
05 феврал 2025, Тошкент вақти: 12:50

Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh bitimi kuchga kirdi


HAMAS garovida bo‘lgan uch ayolning ozod qilinishini olqishlayotgan isroilliklar, Tel-Aviv, 2025-yil 19-yanvari
HAMAS garovida bo‘lgan uch ayolning ozod qilinishini olqishlayotgan isroilliklar, Tel-Aviv, 2025-yil 19-yanvari

Joriy yilning 19-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11.15 da Isroil G‘azo sektorida otashkesim e’lon qildi.

G‘azodagi jangovar harakatlar 2023-yil 7-oktyabrida HAMAS guruhi (AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb e’lon qilingan) Isroil janubiga hujum qilib, 1200 kishini o‘ldirgani va 250 chog‘li odamni garovga olgani ortidan boshlanib ketgan edi. Garovdagilarning bir qismi avvaalroq almashuvlar paytida ozod qilingan.

Isroil maxsus xizmatlari hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda HAMAS qo‘lida 99 kishi garovda qolmoqda, ulardan bir qismi o‘lgani taxmin qilinadi.

Isroillik rasmiylar qaydicha, yakshanba oqshomida garovda bo‘lgan uch nafar ayol ozod qilingan. HAMAS vakillari ularni Xalqaro Qizil xoch xodimlariga topshirishgan.

Garovdan ozod qilingan Romi Gonen, Emili Damari va Doron Shtaynbrexer allaqachon oila a’zolari bilan uchrashishgan. Xabarlarga ko‘ra, kecha Isroilda odamlar bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida HAMAS asoratida bo‘lgan bu uch ayolni olqishlash uchun ko‘chalarga chiqishgan. Bu ayollarning ozod qilinishi evaziga Isroil o‘z qamoqxonalarida saqlanayotgan 90 nafar falastinlikni ozod etishni va’da qilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, garovdagilarni ozod qilish va sektorga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni olqishlagan. AQSH, Qatar va Misr vositachiligida erishilgan sulh bitimi Bayden prezidentlik vakolatlarini Donald Trampga topshirishidan bir kun avval kuchga kirgan.

XS
SM
MD
LG