Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 07:38

Istanbulda qo‘lbola aroqdan o‘lganlar soni 38 nafarga yetdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Istanbulda qalbaki spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida vafot etganlar soni 38 nafarga chiqdi.

Turk matbuotidagi xabarlarga muvofiq, qo‘lbola aroq iste’moli ortidan so‘nggi besh kun ichida mahalliy turg‘unlar va xorijliklar doxil 92 kishi Istanbuldagi turli kasalxonalarga murojaat etgan. Ichkilikdan zaharlanganlardan 38 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 8 kishi esa muolajadan so‘ng kasalxonadan chiqib ketgan.

Ayni paytda spirtli ichimlikdan zaharlanish tufayli kasalxonada muolaja olayotganlar soni 46 nafar bo‘lib, ulardan 26 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tomonidan 17-yanvar kuni yoyinlangan xabarnomada payshanba qo‘lbola spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetgani ochiqlangan. Ulardan 6 nafari 14-yanvar, 4 nafari 15 yanvar, yana 4 nafari esa 16-yanvar kuni vafot etgan. Xabarnomada kasalxonada yotgan yana uch nafar o‘zbekistonlikning ahvoli og‘irligi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq bosh konsulxona qalbaki spirtli ichimlik tayyorlashga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar turkmanistonlik qo‘lga olingani, aroqdan zaharlanish hodisasi ortidan mahalliy politsiya keng qamrovli tergov ishlarini boshlab yuborgani haqida ma’lum qilgan edi.

Istanbul hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 16-yanvar kuni mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan Istanbul shahrida 32 ming 862 litr qalbaki spirtli ichimlik musodara qilingan.

Tadbirlar Sultangazi, Fatix, Bakiırko‘y, Kuchukchekmeje, Chatalca, Esenyurt, Zeytinburnu va Beyko‘z tumanlarida o‘tkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda”, deyilgan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabarnomasida.

XS
SM
MD
LG