Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2025, Тошкент вақти: 00:15

Janubiy Koreya shimoliy koreyalik asirlarni qabul qilishga tayyor


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Janubiy Koreya ukrainaliklarga asir tushgan shimoliy koreyalik askarlar istagan taqdirda, ularning har qaysisini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayangan holda xabar qildi.

Shimoliy koreyalik askarlar Konstitutsiyaga muvofiq ravishda bizning fuqarolarimiz bo‘lib hisoblanishadi va alohida olingan shaxslar iroda erkinligining hurmat qilinishi xalqaro huquq va odatlarga ham muvofiqdir”, deyilgan TIV bayonotida.

Bu taklif asirga olingan KXDR askari “Choson ilbo” gazetasiga bergan intervyusida Janubiy Koreyadan boshpana olishni istashi haqida bildirgani ortidan yangragan. Maqolada ismi keltirilmagan ukrainalik mulozimdan bunday imkoniyat Janubiy Koreya hukumati qarashlariga bog‘liq ekaniga oid iqtibos keltirilgan.

Janubiy Koreya o‘z niyatini ukrainalik rasmiylarga yetkazilgani va ular bu borada zarur maslahatlashuvlarni davom ettirayotganlarini bildirgan. Mamlakat TIV shimoliy koreyalik askarlar “ularning ixtiyorlariga qarshi taqib xavfi bo‘lgan joyga yo‘llanmasligi kerak”ligini qo‘shimcha qilgan.

2025-yil yanvar oyida Kiyev Rossiyaning Kursk viloyatida shimoliy koreyalik ikki nafar harbiy asirga olingani haqida ma’lum qilgan. So‘roq paytida ulardan biri Rossiyaga urushda qatnashish uchun emas, balki mashqlarga kelganini aytgan. Keyinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar KXDR lideri Kim Chen In Rossiyada asoratda tutib turilgan ukrainalik harbiylarga almashishni tashkil qilsa, Kiyev asirdagi shimoliy koreyaliklarni unga topshirishga tayyorligini bildirgan edi.

G‘arb razvedkalari iddaosiga ko‘ra, urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga KXDRdan 10 ming chog‘li harbiy kelgan bo‘lishi mumkin.

Moskva va Pxenyan Ukrainaga qarshi janglarda KXDRdan bo‘lgan harbiylar ishtirok etayotganini tasdiqlamagan, biroq buni to‘g‘ridan to‘g‘ri inkor ham qilgan emas.

XS
SM
MD
LG