Линклар

Шошилинч хабар
08 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:14

Kamala Harris ilk saylovoldi roligini yoyinladi


AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris

AQSH vitse-prezidenti, demokratlar partiyasidan prezidentlikka muhtamal nomzod Kamala Harris ilk rasmiy saylovoldi videosini yoyinladi. Bir daqiqali rolikda qurol-aslaha, abort huquqi va tibbiy sug‘urta mavzulariga to‘xtalingan.

Men Kamala Harrisman va men AQSH prezidenti sayloviga o‘z nomzodimni qo‘ymoqdaman”, degan Harris videorolikda.

Videoning asosiy mavzusi “ozodlik”ka chaqirishdir (videorolikda “ozodlik” so‘zi 12 marta yangragan). Vitse-prezident qurol-aslaha bilan bog‘liq zo‘ravonlikdan xalos bo‘lish va o‘z tanasiga o‘zi egalik qilish erkinligiga chaqirgan.

Shuningdek, Harris har bir inson tibbiy yordam olishi mumkin bo‘lgan hamda biror bola qashshoqlikda yashamaydigan kelajakni tanlashini bildirgan. AQSH prezidenti lavozimiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Devid Vens chiqishlari aks etgan kadrlar fonida: “Shunday odamlar borki, ular bizning mamlakat xaos, qo‘rquv va nafrat mamlakatiga aylanishi lozim, deb hisoblashadi”, degan jumlalar yangragan.

Tramp tarafdorlari Harrisni radikal so‘l mafkura bilan o‘ynashayotganlikda ayblab kelishadi. Avvalroq New York Post nashriga bergan intervyusida Tramp Harrisni “kaltafahm va jahli tez ayol” deb atagan. Shuningdek, Tramp Harrisning Kaliforniya bosh prokurori lavozimida ishlagan paytidagi faoliyatini tanqid qilib, uning jinoyatchilarga qarshi yumshoq muomalada bo‘lganini aytgan va uni Meksika chegarasidagi migratsion buhronda ayblagan.

Avvalroq prezidentlikka nomzod o‘laroq ilk chiqishida Kamala Harris Donald Tramp ustidan g‘alaba qozonishni va’da qilgan. So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, nomzodlarning hech biri boshqasidan ancha oldinda emas. So‘rovlarning aksariyatida Tramp Harrisdan oldinroqda bormoqda, Reuters/Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rov esa Harris Trampdan ikki foiz oldinda borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tramp respublikachilar tomonidan allaqachon rasman prezidentlikka nomzod o‘laroq ko‘rsatib bo‘lingan, demokratlar esa o‘z nomzodini avgust oyida bo‘lib o‘tadigan qurultoyda ko‘rsatishlari kerak. Kamala Harris prezident Jo Bayden ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishdan bosh tortishi ortidan muhtamal nomzodga aylangan.

XS
SM
MD
LG