Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:41

Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qimmat kartinalar sotib oldi


Prezident qarorgohlaridagi kartinalarning ko‘pchiligini mutaxassislar san’at asari sifatida tan olmaydi.
Prezident qarorgohlaridagi kartinalarning ko‘pchiligini mutaxassislar san’at asari sifatida tan olmaydi.

O‘zbekistondagi muzeylar fondiga eksponat sotib olish uchun byudjetdan mablag‘ ajratilmayotgan va mahalliy rassomlar faqat turistlarga arzon-garov asar sotish bilan arang kun ko‘rayotgan paytda¸ Kambag‘allikni qisqartirish¸ Sog‘liqni saqlash va Mudofaa vazirliklari qimmat narxda kartinalar sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Ozodlikka joriy oyda kelib tushgan beshta hujjatdagi raqamlardan byudjet idoralari besh oy ichida bir milliard so‘mga yaqin davlat mablag‘ini kartina sotib olishga sarflagani ma’lum bo‘ladi.

Dori-darmon va tibbiy uskunalar yetishmasligi bois tanqid markazida qolayotgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yilning 5 - martida “Uloq” va “Ko‘pkari” deb nomlangan ikkita rangtasvir asarini vazirlik byudjeti hisobidan 34 million so‘mga harid qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi esa, joriy yilning 13 - may kuni Chorvoq tog‘lari aks etgan 8 surat uchun byudjet mablag‘idan 123 million so‘m to‘lab bergan.

Byudjet puliga rasm sotib olinganligi haqidagi xisob-fakturalar nusxasi Ozodlikda mavjud. Sog‘liqni saqlash vazirligi xo‘jalik bo‘limi xodimining aytishicha, bu rasmlar vazirlikka mehmonga kelgan delegatsiya a’zolariga hadya qilingan.

Rasm sotib olingani haqidagi hujjat
Rasm sotib olingani haqidagi hujjat

Toshkentdagi suratlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan shirkatning o‘zini Ilgiz Chintashov deb tanishtirgan san’atshunosining aytishicha¸joriy yilning fevralida O‘zbekiston mudofaa vazirligi 750 million so‘mlik kartina harid qilgan.

Ozodlkkda Farg‘ona va Xorazm viloyat hokimliklarining kartina harid qilgani haqidagi hujjatlar bor.

Hujjat
Hujjat

Balki bu vazirliklar tasviriy san’at sohasida metsenat bo‘lishni maqsad qilib¸ o‘zbek rassomlari yaratgan shox asarlar jamlamasini yaratayotgandir? San’atshunos Abdumalik Turdiyev bu fikrga qo‘shilmaydi:

“Minzdrav sotib olgan rasmlar - o‘ta jo‘n va deyarli trafaret asarlar. Bu rasmlarni institut prosmotrida qo‘ysangiz, ikkinchi kurs talabasi ham ustidan kuladi va domla uch baho qo‘yishga og‘rinadi. Bundan saviyalisini Sayilgoh ko‘chasidagi sayyor rassomlardan o‘n baravar arzonga olsa bo‘ladi. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ bu rasm sotib olish tagida byudjetdan naqd pul o‘zlashtirish yotibdi”.

Ozodlik bu iddaolar ortidan davlat idoralariga tasviriy san’at asarlarini yetkazib beruvchi “Xamar” tashkiloti bilan bog‘landi. Tashkilot rahbari Zebo Mirzamatova bilan gaplashdi. Mirzamatova Sog‘liqni saqlash vazirligi doxil o‘nlab tashkilotlardan rasm sotib olish bo‘yicha takliflar tushganligini tasdiqladi. Kartinalar oldi-sotdisi bilan bog‘liq jarayonda korrupsiya mavjudligini inkor qilgan Mirzamatova kamida ikkita rassom o‘z haqini olganligini aytdi. Rasmlarning badiiy saviyasi haqidagi savolimizga esa “mijoz doimo haq” deya javob berdi.

Mirzamatovaga ko‘ra¸ u yoki bu vazirlik zavxozi kelib o‘ziga yoqqan asarni tanlashga haqqi bor.

San’atshunos Abdumalik Turdiyev bu masalada boshqa fikrga ega: “Zavxoz o‘z puliga o‘z dala hovlisiga osish uchun sotib olayotgani yo‘q. Davlat byudjetini kitch kartinalarga sarflash bu eng kamida davlat mablag‘larini isrof qilish. Ikkinchidan esa, didsizlikni qo‘llab-quvvatlashdir”.

Suhbatdosh O‘zbekiston prezidenti qarorgohidagi ikki taraflama uchrashuvlarda devorlarda osilib turgan asarlarning badiiylik jihatidan o‘ta nochorligiga diqqat qaratdi:

“Aslida , qarorgoh devorida osig‘lik kartina mamlakatdagi tasviriy did va madaniy saviya haqida mujda beradi. Masalan AQSh prezidenti qarorgohida Edvard Xopper (Edward Hopper) asarini ko‘rish mumkin. Mirziyoyev kabinetida bilim yurtining birinchi kurs talabasi saviyasidagi tog‘ manzarasi turadi. Administratsiya didsizligi masalaning bir tomoni. Ammo o‘sha saviyasiz asarga millionlab pul byudjetdan to‘langani boshqa masala".

1993 - yilgacha o‘zbek rassomi Bahodir Jalol prezident qarorgohi uchun rasmlar chizib kelgan
1993 - yilgacha o‘zbek rassomi Bahodir Jalol prezident qarorgohi uchun rasmlar chizib kelgan

XS
SM
MD
LG