Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:46

Klaster paxtani sotib bo‘ldi, lekin ikki yildan buyon miroblar haqini bermaydi


Buxoro viloyat, Jondor tumanidagi Suv iste’molchilari uyushmasi bosh mirobi Ro‘ziboy Qorayevning OzodMikrofonga arz qilishicha, tashkilotning 40 dan ortiq ishchisi ikki yildan buyon ish haqini to‘liq ololmaydi.

Кластер икки йилдан буён маошимизни бермайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:14 0:00
Бевосита линк

“Jondor tuman SIU mendan ikki yil orasida qariyb 19 million so‘m ish haqi qarzdor bo‘lib turibdi. Hududimda ishlaydigan boshqa miroblarning ham 18 million so‘m ish haqi qolib ketmoqda. SIU boshlig‘i Dilshodga murojaat qilsak, klaster pul o‘tkazmayapti deydi. Kecha hokimiyatga arz qilib bordik. Hokim aralashib klasterdan 30 million so‘m oldirib berdi. Kimgadir bir million, kimgadir 800 ming so‘m tegdi. Biz ikkita klaster – “RomTex” va “Qorako’lTex”ga qarashli fermerlarga suvni o‘z vaqtida yetkazib berdik, klasterlar hosilni fermerdan oldi, sotib ham bo‘ldi, lekin bizning haqimizni ikki yildan buyon to‘lamay kelmoqda. Juda og‘ir iqtisodiy ahvolda qoldik.”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!.

XS
SM
MD
LG