Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:54

Kobul aeroportidagi portlash qurbonlari soni 100 dan oshdi, evakuatsiya davom etadi


Kobuldagi shifoxona tashqarisida odamlar portlash ortidan bedarak ketgan yaqinlarini izlamoqda - 27 - avgust, 2021
Kobuldagi shifoxona tashqarisida odamlar portlash ortidan bedarak ketgan yaqinlarini izlamoqda - 27 - avgust, 2021

Payshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti kirishida yuz bergan ikki portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 100 kishidan ortgan.

Kobul shifonalaridan olingan eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 90 nafar afg‘on halok bo‘lgan, 150 nafarga yaqin odam jarohatlangan.

Avvalroq yana bir Amerika askari olgan jarohatlari natijasida vafot etgan. Shu tariqa Kobul aeroporti kirishini qo‘riqlab turgan AQSh askarlari orasidagi talafotlar soni 13 kishiga yetgan. Bu Amerika Qurolli kuchlari so‘nggi bir necha yilda bir vaqtning o‘zida bergan eng ko‘p qurbondir. Jarohatlangan 18 AQSh harbiysi hodisa joyida evakuatsiya qilingan.

Ikki hudkush hujumchi aeroport kirishida navbatda turgan olomon va aeroport yaqinidagi mehmonxona oldida o‘zini portlatgan.

Portlashlar uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" guruhi zimmasiga olgan. Afg‘onistondagi IShID Tolibonga dushman va o‘tmishda toliblarga qarshi terror hujumlarini sodir etgan.

Prezident Bayden terror hujumlari yuzasidan Oq uyda bayonot berdi. U halok bo‘lgan Amerika askarlarini qahramonlar deb atadi va Qo‘shma Shtatlar portlashlar uchun ma’sullarni topishi va muqarrar jazolashini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagonga Kobuldagi hujumni sodir etgan islomiy radikallarga zarba berish bo‘yicha reja ishlab chiqish topshirilgan.

«Men o‘z qo‘mondonlarimga «Ishid – X» aktivlari, rahbariyati va obyektlariga zarba berish bo‘yicha operativ rejalar ishlab chiqishni buyurdim», dedi AQSh prezidenti.

Evakuatsiya davom etadi

Bayden Kobuldan odamlarni ko‘chirish davom etishini va amerikalik harbiylarni 31 - avgustga qadar Afg‘onistondan olib chiqib ketish rejasi qayta ko‘rib chiqilmasligini aytdi. Terrorchilar AQShni o‘z missiyasini to‘xtatishga majbur qila olmaydi, urg‘uladi Oq uy rahbari.

Amerika harbiylari Kobul aeroportida AQSh va boshqa davlatlar fuqarolarining Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishini ta’minlashmoqda. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, 15 - avgustdan beri 100 ming nafardan ziyod kishi ko‘chirilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kobuldagi terroristik xurujlarni qoraladi va evakuatsiya amaliyotining muvaffaqiyatini ta’minlash uchun joylarda xizmat qilayotganlarning “qahramonona sa’y-harakatlari”ni alohida qayd etdi. Fransiya ishni oxiriga yetkazadi, deya ta’kidladi u.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham hujumlarni qoraladi va ispan hukumati ushbu teraktlardan keyin ham Afg‘onistondan mumkin qadar ko‘proq odamlarni olib chiqib, xavfsiz joylarga yetkazishga harakat qilishini bildirdi.

Кобул аэропорти олдида ўқ овозлари ва хаос
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Avstraliya va Norvegiya o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan ko‘chirish ishlarini vaqtincha to‘xtatdi.

AQSh Kongressida Kobul aeroportida yuz bergan terakt oqibatida amerikalik harbiylar halok bo‘lgani uchun mamlakat prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati vakillarini javobgarlikka tortishga chaqiriqlar yangramoqda.

Vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti spikerni, ta’tilga chiqqan parlament a’zolarini chaqirib olib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch sessiya o‘tkazishga chorladi.

Respublikachilar Kobul aeroportidagi terroristik xurujlar, jumladan, AQSh rahbariyatining noto‘g‘ri qarorlari tufayli sodir bo‘lgan, deb hisoblashadi. “Dushmanlarimiz qo‘shinlarni olib chiqib ketishdagi pala-partishlikdan foydalanib qoldi”, dedi Makkarti.

XS
SM
MD
LG