Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2025, Тошкент вақти: 14:33

Komil Allamjonov uyida xizmat qilgan shaxslar oqlandi − Oliy sud


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Oliy sudining taftish instansiyasi Prezident administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonov xonadonida xizmat qilgan 7 nafar shaxsni oqladi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Obidovning bildirishicha, “e’lon qilingan sud qaroriga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli bo‘lmaganligi sababli, B. Yoqubov, S. Sidikov, A. Qurbonmurodov, A. Tashov, A. Salimov, J. Turg‘unov va X. Zufarovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi”.

Ma’lum bo‘lishicha, Komil Allamjonovga suiqasd qilingan 2024-yilning 26-oktyabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumani IIB tomonidan mayda bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamalgan bu shaxslar Allamjonov xonadonida xizmat qilishgan.

“Ish yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIB xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek ishni sudda ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi”, deyilgan Oliy sud xabarnomasida.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida ko‘rilgan Allamjonovga suiqasd ishida yettovlon jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilingan.

XS
SM
MD
LG