Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:08

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar Senat yalpi majlisi kun tartibidan sirli ravishda tushib qoldi


O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva - Senat.uz
O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva - Senat.uz

18 - dekabr kuni Senatning yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida paydo bo‘lgan xabarlarni rad etgan. Norboyevaning aytishicha, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar masalasi kun tartibida yo‘q.

"Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala kiritilmagan.Bu masala xalqimiz bilan albatta maslahat qilgan holda kiritiladi. Konstitutsiya bu juda ham jiddiy, bizning asosiy qomusimiz. Bu ish xalq bilan bemaslahat qilinmaydi. Shuning uchun men sizlarni tinchlantirmoqchiman.", - deya Senat raisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz nashri.

11 - dekabr kuni Senatning rasmiy veb sahifasida yalpi majlis kun tartibiga doir xabar e’lon qilingan va unda jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinishi bildirilgandi. Senat raisi ushbu qonun yalpi majlis kun tartibidan nima uchun tushib qolganiga izoh bermadi.

Senatning rasmiy veb sahifasida 11 - dekabr kuni e’lon qilingan xabar skrinshoti
Senatning rasmiy veb sahifasida 11 - dekabr kuni e’lon qilingan xabar skrinshoti

Ayni payda Tanzila Norboyeva mamlakat Konstitutsiyasiga "sirli" o‘zgartirishlar kiritish rejalanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"Men nafaqat qonunlarni aytmoqchiman, balki qonunosti hujjatlari ham. Hattoki, prezidentimiz qabul qilayotgan har bir farmonlari, qarorlarini ham imzo chekishdan oldin xalq bilan maslahatlashib, ayniqsa, hududlar bilan maslahatlashib, deputatlarimiz, jamoatchilik, ekspertlar fikrini olgandan keyingina, hattoki mahalla raislari yoki selektor majlislarida jamoatchilik vakillarining fikr-mulohazalarini so‘ragandan keyingina imzo chekyaptilar. Buni hammangiz ko‘rib turibsiz", - deb aytgan Senat raisi.

Ўзбек муҳожирлари Конституция ҳакида нима билишади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:22 0:00

Avvalroq prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasiiga kiritilgan o‘zgartirishlarni himoya qilib chiqqan edi. 7 - dekabr kuni "O‘zbekiston xalqiga tabrigi"da prezident mamlakat asosiy qonuniga hozirga qadar 7 marta o‘zgartirishlar kiritilganini aytdi va ularni "demokratik islohotlar" zarurati bilan tushuntirdi. Prezidentning so‘zlari konstitutsiyaga yangi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘ldi. Tahlilchilar Karimov davrida mamlakat Konstitutsiyasi yakka shaxsning hokimiyatga umrbod qolishini ta’minlash maqsadida o‘zgartirib kelinganini aytishadi.

Mamlakatning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiradigan Senatning yalpi majlisi qonun nazorati uchun mas’ul Bosh prokuratura tizimidagi mojaro manzarasida o‘tmoqda. Oliy Majlisning Senat va Qonunchilik palatasi hozirga qadar Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov hamda va Bosh prokuror hamda o‘tmishda Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev orasidagi korruptsiya mojarosiga munosabat bildirmadi. Prezident Xalq qabulxonasi maxsus idoralararo komissiya Buxoro shahar prokurorining iddaolarini tekshirishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG